Telomerlanish (rus. telo tana va yun. meros — qism, ulush) — toʻyinmagan birikmalar (monomerlar) bilan reaksiya zanjirini uzatuvchi (telogen) moddalar oʻrtasidagi zanjir reaksiya. T. natijasida mol. m. turlicha boʻlgan mahsulotlar aralashmasi (telomerlar) yuzaga keladi. Bu mahsulotlarning molekulalari monomerlar molekulasi va chekka guruxdan tuzilgan. T.ni nur, radikallar, ionlar bilan initsirlash mumkin. Initsirlash usuliga koʻra, ionli va radikalli T. farqlanadi. Radikalli T. ancha keng oʻrganilgan.

Etilenning uglerod (IV) xlorid bilan T.i radikalli T.ga misol boʻla oladi. Initsiator parchalanib, radikal (R°) larni, ular uglerod (IV) xlorid molekulalari bilan reaksiyaga kirishib, trixlormetil radikalini hosil qiladi: R°QCC14"RC1QCC1°3.

Radikalli T.ni initsirlash maqsadida atsitil va alkil peroksidlar, yogʻ qatorining azobirikmalari, metall organik birikmalar va ultrabinafsha nurlar ishlatiladi. Soʻnggi vaqtda oksidlanishqaytarilish sistemalari, metallar karbonillari, unur, termik initsirlash qoʻllanadi. T.da monomerlar sifatida turli toʻyinmagan birikmalar ishtirok etishi mumkin. T. reaksiyasidan foydalanib ennat tolasi, lokboʻyoklar va boshqa noyob birikmalar olingan. Sirka kislota bilan etilenning radikalli T. jarayonida ilk bor vodorod atomining 1,5 migratsiyasi orkali erkin radikallarning qayta taqsimlanishi kashf qilingan.