Telpak
Telpak — erkaklarning issiq (moʻynali) bosh kiyimi; yumaloq, tepa va moʻynali jiyakdan tuzilgan. Teri charm ulgi yordamida bichiladi. Tepa qismi kalta tukli moʻyna (asosan, qorakoʻl)dan, jiyagi qunduz moʻynasidan tikiladi; astariga uzun tukli (qoʻy yoki tulki) moʻyna ishlatiladi. Toshkent — Fargʻona mintaqasida tepa qismi 4 boʻlak qilib bichiladi, ular oʻzaro ulab tikilganda, qobirgʻalar xreil qiladi. Baʼzi telpaklarda tepa qismiga baxmal, jiyagiga uzun tukli (tulki, suvsar) moʻyna ishlatiladi, baʼzilari mato (movut)dan tikilib, qaytarmasiga qoʻy moʻynasidan foydalaniladi; baʼzan faqat ichiga moʻyna qoplanib, moʻynali jiyaksiz telpak tayyorlanadi. Xorazmda choʻgirma, baʼzi joylarda qadimiy bosh kiyimi sifatida boʻrk deb ham ataladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |