Temir - UGLERODLI QOTISHMALAR — tarkibi, asosan, temir Fe va uglerod S dan iborat boʻlgan qotishmalar. Sof va texnik turlari boʻladi. Sof Temir (qotishma) q.ning holati maxsus diagramma bilan ifodalanadi va bu diagramma holat diagrammam deb ataladi. Sof Temir (qotishma) q. tarkibida baʼzi qoʻshilmalar juda oz miqdorda boʻladi. Texnik Temir (qotishma) k. tarkibiga doimiy qoʻshilmalar (fosfor R, oltingugurt S, marganets Mp, kremniy Si, vodorod N, azot N, kislorod O), legirlovchi qoʻshilmalar (xrom Sg, nikel Ni, vanadiy V, molibden Mo, titan Ti, kobalt So va boshqalar) va modifikatsiyalovchi qoʻshilmalar (magniy Mg, germaniy Se, kaltsiy Sa va boshqalar) kiradi va ularning baʼzilari (legirlovchi hamda modifikatsiyalovchi elementlar) ataylab qoʻshiladi. Temir (qotishma) q. tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab, poʻlat va choʻyanta boʻlinadi. Temir (qotishma) q.ning tarkibi va strukturasini oʻzgartirish yoʻli bilan xilmaxil xossali poʻlat va choʻyan hosil qilish mumkin. Temir (qotishma) q. mashinasozlik va qurilishda keng ishlatiladi.