Temir davrida ijtimoiy- iqtisodiy hayot
Temir haqidagi yozma ma’lumotlar
tahrirTemir haqidagi yozma ma’lumotlar Misr fir’avni bilan Xett podshosining yozishmalarida berilgan. Fir’avnlar Amenxotep III va Exnaton davrida temir haqidagi ilk yozma ma’lumotlar uchraydi. Fir’avn Tutanhamon qabrida temirdan yasalgan buyumlar uchraydi. Bularning deyarli barchasi g‘oyat qimmatli zargarlik buyumlari bo‘lgan. Dastlabki temir Misr, Ikkidaryo oralig‘i, Egey dengizi bo‘yi dunyosida zeb- ziynatlar sifatida kashf qilingan. Temir o‘zidan oldingi metallarga nisbatan qattiqroq va o‘tkirroq xususiyatga ega bo‘lgan va yer yuzida ko‘p tarqalgan. Lekin odamlar uni boshqa metallardan keyin o‘zlashtirgan. Yozma manbalar va arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra temir metallurgiyasi Kichik Osiyo hududidagi Xett podsholigi territoriyasida mil. avv. XIV� XIII asrlarda vujudga kelgan. Mil. avv. X-IX asrlarda temir metali Hindiston va Eronda kashf etilgan. Mil. avv. IX-VIII asrlarda temirchilik Ossuriya va Urartu hududlarida ham keng tarqalgan. Mil. avv. XIV asrda yasalgan temir buyumlarning hammasi g‘oyat qimmatli badiiy zargarlik buyumlari hisoblanadi. Temir qurollardan ijtimoiy hayotda keng foydalanish, mehnat qurollari va qurol-yarog‘lar sifatida ishlatish nisbatan kechroq amalga oshirilgan. Masalan, Italiyada temir miloddan avvalgi XII asrda, Sharqiy Yevropa, Skandinaviya mamlakatlarida mil. avv. X asrda paydo bo‘lgan. Xitoyda esa, mil. avv. VI-V asrlarda temir buyumlari ishlab chiqarilgan. Temir qurollar esa, bu yerda miloddan avvalgi IX asrlarda ishlatila boshlanganligi manbalardan ma’lum37 . Mil. avv. XIII asrlardan e’tiboran quldorlik davlatlarida temir bronza o‘rnini egallaydi. Mil. avv. VII asrda Yevropada temir ko‘proq qurol-yarog‘lar sifatida ishlatilgan. Amerika, Avstraliya, Tinch okeani orollari, MDHning ayrim hududlari (uzoq shimol rayonlari) da temir mil. avv. XVII-XVI asrlarda ma’lum bo‘lgan. «Temir davri» degan tushuncha arxeologiya faniga fransuz olimi K.Tomsen tomonidan XIX asrda kiritilgan. Temirdan yasalgan qurollarning keng tarqalishi iqtisodiy geografiyani mislsiz ravishda o‘zgarishiga olib keladi. Chunki yer yuzining deyarli barcha nuqtasida temir ma’dani (rudasi) keng tarqalgan edi. Uni qazib olish va ma’dan (ruda) dan temirni ajratish ko‘nikmasini rivojlanishi o‘ziga xos ishlab chiqarish tarmog‘ini shakllantiradi. Ilk temir davrida ishlab chiqarish 2 tarmoqqa bo‘linadi:
Dehqonchilik
tahrirIlk temir davrida ishlab chiqarishning vujudga kelgan birinchi tarmog‘i bo‘lib, temir metalini ishlatilishi unda alohida o‘rin tutgan. Daraxtlarni kesish, yangi yerlarni ochish va boshqa ishlarda temir qurollarning o‘rni katta edi. Yer haydash qurollari - so‘qa, omoch tishlarining temirdan yasalishi ham mehnat unumdorligini bir necha marta oshishiga xizmat qilgan. Ishlab chiqarishning ikkinchi tarmog‘i hunarmandchilik bo‘lib, ilk temir davrida u dehqonchilikdan ajralib, alohida ixtisoslikka aylanadi. Hunarmandchilik asosan temirchilik kasbidan boshlanadi. Neolit davrining eng katta yutuqlaridan biri kulolchilikning kashf etilishi edi. Ammo bu xo‘jalik ixtirosi dehqonchilik doirasida rivojlanadi. Ilk temir metallurgiyasining ko‘nikma sifatida o‘zlashtirilishi va temirchilik kasbining shakllanishi bosqichida ham u dehqonchilik ho‘jaligi bilan bog‘liq holda edi. Shuning uchun ham kulolchilik temirchilikdan keyingi bosqichda kasb-hunar darajasiga erishdi. Temirchilik kasbining taraqqiysi temir buyumlarining ishlab chiqarishdagi tantanasini belgiladi. Xo‘jalik hayotida yuqori unumdorlik darajasiga ega bo‘lgan temir qurollardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Adabiyotlar Ro'yxati
tahrirARXEOLOGIYA. Z.M.Qodirov. T. 2021.y
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |