Temir yoʻl transporti
Temir yoʻl transporti - yuk va yoʻlovchilarni lokomotiv va motovagonlar vositasida temir yoʻl boʻylab tashiydigan transport turi. Uning paydo boʻlishi yirik sanoat taraqqiyoti, ayniqsa, togʻkon va metallurgiya sanoati taraqqiyoti bilan bogʻliq. XVIII-asr oxiri va XIX-asr boshlarida kapitalizmning rivojlanishi yuk aylanmasi tuzilmasini tubdan oʻzgartirdi, temir rudasi, koʻmir, qurilish materiallari va shu kabini ommaviy tashishga ehtiyoj oʻsdi.
1825-yil jahonda birinchi umumiy foydalanishdagi Stokton —Darlington temir yoʻl (21 km, Angliya) J.Stefenson tomonidan qurilgan. 30-yillarda Avstriya, Germaniya, Belgiya, Fransiya, Rossiyada xam temir yoʻl qurildi. 1850—70 yillarda Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliyada xam kurila boshladi. 20-asr boshlarida jahonda temir yoʻl tarmogʻi 1 mln. km dan oshdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida temir yoʻl tarmoklarini tez rivojlantirgan sabablardan biri, uning katta harbiystrategik ahamiyatga egaligi boʻlib, Transport yoʻlit. xoʻjalik, iktisodiy va strategik vazifalarga xizmat qilish bilan bir qatorda mamlakatlararo, hududlararo madaniy aloqalarni rivojlantirish, ijtimoiy masalalar, xalkaro turizm sohasida xam ishtirok etadi, mamlakatning ilmiytexnik taraqqiyotiga xam salmokli hissa koʻshadi. Temir yoʻl transportining afzalliklaridan biri — boshqa transportga nisbatan yuk tashish kiymatining arzonligi, yilning har qanday faslida va bir yoʻla katta hajmdagi yuklarni tashish imkoniyatiga egaligidir.
Oʻzbekistonda dastlabki temir yoʻl 1886—88 yillarda Zakaspiy temir yoʻlining Forob styasidan Samarqandgacha yotqizilgan (podsho Rossiyasi tomonidan imperiyaning jan. chegaralarini mustahkamlashga qaratilgan va harbiystrategik maqsadlardagi Zakaspiy harbiy temir yoʻl nomi bilan 1880-yil noyabrdan 1886-yil dekabrgacha kurib bitkazilgan Krasnovodsk — Chorjoʻy temir yoʻlning davomi). 1888-yil may oyida Amudaryo orkali 2,7 km uzunlikdagi yogʻoch koʻprik kurib bitkazilishi bilan temir yoʻlda Samarqandgacha poyezdlar qatnovi boshlandi. Keyinchalik bu yoʻl 1895—97 yillarda Ursatyevskaya (Xovos) styasidan Qoʻqongacha davom ettirildi. 1899-yil temir yoʻl Toshkentga yetkazildi (qarang Samarqand — Andijon temir puli). 1890-yil kuzida 1874-yilda Rossiya imperiyasining maxsus temir yoʻl komissiyasi kurish zarur deb topgan Toshkent— Orenburg temir yoʻl qurilishi boshlandi. 1906-yil yanvarda Toshkent — Orenburg temir yoʻl (Toshkent temir yoʻli) ishga tushirildi. 1907-yil Kogon—Buxoro, 1913—16 yillarda Fargʻona halqa temir yoʻlning Qoʻqon—Namangan—Andijon qismi, 1913—15 yillarda Kogon—Amudaryo styasi va Qarshi—Kitob shoxobchalari kurildi. 1917-yilga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududida jami temir yoʻl uzunligi 1,1 ming km edi.
20-asrning 20y.laridan boshlab fuqarolar urushi yillarida vayron boʻlgan temir yoʻl harakat tarkibi va yoʻl xoʻjaligini tiklash uchun zarur choralar kurildi. Shahar va portlarni birlashtiruvchi yangi temir yoʻl liniyalari kurilishiga ham eʼtibor berildi. Fargʻona (Iskobil) — Kuvasoy (1922), Karshi— Kitob (1924), Amudaryo (Samsonovo) — Termiz (1925), Asaka —Shahrixon (1931) va boshqa temir yoʻl liniyalari kurilib foydalanishga topshirildi. 1929—31 yillarda kurilgan uz. 1452 km boʻlgan Turkiston—Sibir temir yoʻli (Turksib) Oʻzbekiston temir yoʻl bilan ulandi.
30-yillarda Oʻzbekiston temir yoʻlda EU seriyadagi yangi parovozlar ishlay boshladi, yirik styalarda vagonlar saralashda qulay boʻlgan maxsus moslamalar, nim doʻnglik (gorka)lar, konteyner maydonlari kurildi, katta, masofalarda temir yoʻl liniyalari rekonstruksiya qilindi, poyezdlarning harakat tezligi oshirildi, yuk va yoʻlovchilar tashish koʻpaydi.
1941—45 yillardagi urush davrida Temir yoʻl t.da front uchun zarur yuklar tashildi. Urushdan keyingi yillarda transportning bu soxasida tub oʻzgarishlar qilindi. Lokomotivlar kuvvati oshirildi, poyezdlar tigʻiz qatnaydigan joylarda ikkinchi yoʻllar qurildi. Parovozlar oʻrniga elektrovoz va teplovozlar koʻllanildi. Styalarning texnika bilan jihozlanishi yaxshilandi. Bu davrda magistral yoʻllardan sanoat shaharlariga (Toshkent—Angren, Toshkent— Chirchiq) shoxobcha yoʻllar kurildi. 1963-yili Krasnovodsk—Boku parom yoʻlining ishga tushirilishi bilan Toshkent—Krasnovodsk liniyasi Ozarbayjon temir yoʻl bilan muntazam boglandi. 1964-yil Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston temir yoʻllari boshqaruvi Toshkentda boʻlgan yagona Oʻrta Osiyo temir yoʻlga birlashtirildi. 1971-yilda Qozogʻiston orqali Rossiyaga chiqadigan Qoʻngʻirot—Beynov temir yoʻl kurildi. 1982-yil Termiz shahri yaqinida Amudaryo orqali Afgʻonistonga oʻtadigan temir yoʻl va avtomobil yoʻli koʻprigi foydalanishga topshirildi. Aksariyat viloyat markazlarida yangi temir yoʻl vokzallari kurildi.
1994-yil noyabrda Oʻrta Osiyo temir yoʻlning Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan temir yoʻl korxonalari va boʻlimlari, loyihakonstruktorlik va boshqa tashkilotlari, muassasalari negizida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlataksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi tashkil etildi. Respublika temir yoʻl transportini rivojlantirish istiqbollari Iktisodiy hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining Kvetta rejasida belgilangan vazifalar qatoridan oʻrin olgan.
21-asr boshida Oʻzbekiston Transport yoʻlit. tarkibida ijtimoiy sohalar va ishlab chiqarish.ga yoʻnaltirilgan korxona muassasa va tashkilotlardan iborat boʻlgan yagona texnologikishlab chiqarish. majmuiga aylandi. Kompaniyaning temir yoʻldan foydalanishga masʼul boʻlgan Toshkent, Fargʻona, Qoʻqon, Buxoro, Qoʻngʻirot, Qarshi— Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzellari fao, liyat koʻrsatadi (2004).
Yuk tashishda teplovozlar (respublika temir yoʻlda parovoz 1974-yilgacha ishlatildi), yoʻlovchilar tashishda teplovoz va elektrovozlar xizmat koʻrsatadi. Transport yoʻlini elektrlashtirish dastlab 1970-yil Toshkent—Yangiyoʻl uchastkasida boshlangan. Keyinchalik Xoʻjakent—Sirdaryo liniyasi (148 km)da elektr poyezdlari katnovi yoʻlga qoʻyiddi. 1985-yildan temir yoʻlni oʻzgaruvchan tokda elektrlashtirishga oʻtildi. 1993-yilda Transport yoʻlining Xovos—Bekobod va Xovos—Jizzax liniyalari elektrlashtirildi. 2003-yildan Toshkent—Samarqand yoʻnalishida "Registon" elektropoyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning yagona temir yoʻl tarmogʻini vujudga keltirish boʻyicha uz. 700 km ga yaqin Navoiy — Uchquduk — Nukus temir yoʻli kurib bitkazildi, 223 km li Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻli kurilishi boshlab yuborildi. Bu yoʻllar xududlarni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi tasarrufida asosiy temir yoʻlning foydalanish uz. 3992 km. Bundan tashqari, 1992,7 km stya yoʻllari va 362,4 km respublika korxonalari shoxobcha yoʻllaridan foydalaniladi. Elektrlashtirilgan temir yoʻl liniyalari uz. 620 km (2004-yil 1 yanvar). Hozirgi kunda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ umumiy uzunligi 7500 kmdan oshdi.(2024 yil)
2003-yilda umumiy foydalaniladigan Transport yoʻlit.da asosiy qismi toshkoʻmir, neft yuklari, kurilish yuklari, sement, kimyoviy va mineral oʻgʻitlar, don mahsulotlari va boshqalardan iborat boʻlgan 45,1 mln. t yuk tashildi, yuk aylanmasi 19,1 mlrd.t. km ni tashkil etdi (2000-yilda tegishlicha 42,4; 15,4). Mamlakat ichida tashilgan jami yuklarning 9,7%, uzoq xorij mamlakatlariga joʻnatilgan yuklarning 40,7% Transport yoʻlit. hissasiga toʻgʻri keldi. Temir yoʻl transportida joʻnatilgan yoʻlovchilar esa 15,3 mln. kishidan, yoʻlovchi aylanmasi — 2,065 mlrd. yoʻlovchi. km dan iborat boʻldi (2000-yilda tegishlicha 14,5; 2,2).
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasining lokomativ parki yangi tipdagi teplovozlar, elektrovozlar, elektropoyezd (seksiyalar)laridan tashkil topgan. "Oʻztemiryoʻlmashtaʼmirlash" unitar korxonasi — Toshkent teplovoz taʼmirlash zdida yirik magistral teplovozlar taʼmirlanadi, harakatlanuvchi tarkib uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. "Oʻzvagontaʼmir" aksiyadorlik jamiyatida barcha turdagi yuk tashish vagonlari taʼmirlanadi. 2001-yilda yoʻlovchi tashish vagonlarini taʼmirlaydigan "Toshkent yoʻlovchi vagonlarini taʼmirlash zdi" aksiyadorlik jamiyati tashkil qilindi. 1998-yildan kompaniya tarkibida asosiy faoliyati shahar atrofi, shaharlararo — mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi, pochta, qoʻl yuki tashishga ixtisoslashgan va bir kunda 10 mingdan ortiq fuqarolarga xizmat koʻrsatadigan "Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi" aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatadi.
Respublika Transport yoʻlit. qurilishini loyihalash ishlarini Toshkent transport loyihalashqidiruv instituti (Tashgiprotrans, 1952) va Toshkent temir yoʻl loyiqalash — qidiruv instituti ("Toshtemiryoʻlloyiha", 1969) olib boradi. Temir yoʻl transporti uchun muhandis va texnik xodimlar "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasining Akmal Ikromov nomidagi Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti (1931), Toshkent (1932), Samarqand (1932), Xovos (1979) temir yoʻl transporti kollejlarida tayyorlanadi.
Jahonning barcha rivojlangan davlatlarida Transport yoʻlit. yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Bu transport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri yuqori tezlikda harakatlanuvchi yer usti transport turini joriy qilish hisoblanadi. Bu tizimda harakatlanish tezligi 200 km/soatdan yuqori boʻlib, bunday temir yoʻllar 2avlod temir yoʻl toifasiga kiritiladi. Gʻarbiy Yevropa va Yaponiyaning baʼzi temir yoʻl uchastkalarida poyezdlar tezligi 350–500 km/soatga yetkazilgan. Rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 90y.larida temir yoʻl uzunligi (ming km): AQShda—205, Bukj Britaniyada — 16,6, Kanadada — 93,5, Fransiyada — 34,6, Yaponiyada —23,9, Italiyada — 25,8. Ochilboy Ramatov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |