Bosh menuni ochish

Tyuringit (Germaniyadagi Tyuringiya koni nomidan), temirli xlorit — oksidlangan xloritlar (leptoxloritlar) guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi (Fe2Q, Fe3Q)3 [Al2Si2O10](OH2)(Mg,Fe)3(OH)6. Qattiqligi 2—2,5, zichligi 3,15—3,19 g/sm3. Monoklin singoniyada kristallanadi. Yashirin kristall massalar holida boʻladi. Rangi sargʻish yashildan qoramtir yashilgacha. Choʻkindi temir konlarida yirik toʻplamlar holida uchraydi: temirli kvarsitlarda metamorfizm jarayonida va magmatik jinslar temir silikatlarining gidrotermal oʻzgarishidan ham gʻosil boʻladi. Yirik koni — Tyuringiya (Germaniya)da. Oʻzbekistonda Qurama togʻlarida topilgan. Temir rudasi sifatida sanoat ahamiyatiga ega.