Temirtanlar

oʻzbek yozuvchisi Qudrat Doʻstmuhamedov qalamiga mansub qissa va hikoyalar toʻplami

„Temirtanlar“oʻzbek yozuvchisi Qudrat Doʻstmuhamedov qalamiga mansub ilmiy-fantastik qissa va hikoyalar toʻplami. 1987-yil Toshkent shahrida „Yulduzcha“ nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplamga 11 hikoya hamda 1 qissa kiritilgan.

Temirtanlar
Muallif(lar) Qudrat Doʻstmuhamedov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i qissa va hikoyalar
Nashriyot „Yulduzcha“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1987
Sahifalar soni 128

Toʻplamni Tohir Malik hamda Rustam Obidov taqriz qilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Xudoyberdiyev – muharrir, O. Galitskaya – rassom, F. Basharova – rasmlar muharriri, E. Tolochko – texnik muharrir, R. Qayumov – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Qissa va hikoyalar tahrir

Hikoyalar

  • „Oltin tuxum“
  • „Hayotbaxsh nur“
  • „Mangu parvoz“
  • „Uddaburonlar“
  • „Tegmanozik“
  • „Temirtanlar“
  • „Qariya“
  • „Kashfiyot“
  • „Mustahkamlik chegarasi“
  • „Kim odam?“
  • „Ilon“

Qissalar

  • „Fidoyilar“

Manbalar tahrir

  1. „Robotlar“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.

Havolalar tahrir