Temirtikan (Tribulus L.) - tuyatovondoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Poyasi yer bagʻirlab (uchi koʻtarilib) oʻsadi, boʻyi 10—60 sm shoxlangan. Barglari qaramaqarshi joylashgan. 5—7 juft bargchalardan iborat. Gullari sariq. Mevasi qattiq tikanli. May va avgust oylarida gullab, urugʻ beradi. Ekinlar orasida, bogʻlarda, yoʻl yoqalarida, daryo, soy boʻylarida va boshqa yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda keng tarqalgan.