Temperatsiya (lot. temperatio — toʻgʻri nisbat, mutanosiblik) — musiqa tovushqatori pogʻonalari orasidagi intervallar nisbatlarini tekislash. Tovushlarning balandpastlik munosabatlarini qisman oʻzgartirish bilan T.gaerishiladi. 16— 18-asrlardagaGʻ>moniya hamda koʻp ovozli musiqa janrlari rivoji natijasida hozirgi 12 pogonali teng oʻlchovli T. yuzaga keldi (M. Mersenn, A. Verkmeyster, I. Neydxart va boshqalar). Mazkur T.dan ilk bor I.S. Bax oʻzining "Yaxshi temperatsiyalangan klavir" (1722—44) va "Fuga sanʼati" (1750) turkumlarida, keyinchalik P. Xindemit "Tonalliklar oʻyini" (1940) va boshqa, Oʻzbekistonda G. Mushel ham "24 ta prelyudiya va fuga" (1975) kabi asarlarida yuksak badiiy darajada foydalanishgan.