Temperatura inversiyasi (atmosferada) — atmosferaning biror qatlamida balandlikka qarab havo trasining ortib borishi. Inversiya katlami shiddati uning quyi chegarasi balandligi, vertikal kalinligi va inversiyaning chuqurligi, yaʼni yuqori va quyi chegaralari orasidagi temperatura farqi bilan ifodalanadi.

Inversiya troposferstnng turli balandliklarida hosil boʻladi. Balandlik boʻyicha inversiya Yerga yaqin, yaʼni faol Yer yuzasidan boshlanadigan inversiya va erkin atmosfera inversiyaga ajratiladi. Inversiya katlamlarining qalinligi bir necha metrdan 2– 3 km gacha, uning chuqurligi 2° dan 10° va undan yuqoriroq boʻlid!i mumkin. Temperatura inversiyasi qatlami toʻsiq qatlam hisoblanadi: shu tufayli mazkur qatlam ostida oʻziga xos meteorologik sharoit yuzaga keladi.