Temur xoqon
Temur xoqon, Temur qagʻan (1265—1307) — Xitoyda Xubilay xoqon tomonidan asos solingan Yuan imperiyasi (1271 — 1367) hukmdori (1295— 1307). Temur xoqonning 13 yillik hukmronlik davri Xitoy solnomalarida YuanChjen (129597) hamda Dade (1297— 1307) tarzida nomlangan. Temur xoqon Oʻqtoyxon avlodlaridan Xaydu noʻyon tomonidan Xubilay va uning vorislari siyosatiga qarshi 40 yil davomida olib borilgan kurashga chek qoʻygan, oʻzaro urushlar hamda turli tabiiy ofatlar tufayli nochor boʻlib qolgan Qoraqurum aholisining ahvolini yengiLlatish maqsadida katta miqdorda mis tangalar zarb qildirib, ularni boshqa turli tovarlar qatori Moʻgʻulistonga joʻnatgan. 1307-yil Qoraqurumda "buyuk xoqon (qoon) sayyor kotibiyati" tashkil etilishi natijasida "Tartib saqlash boshqarmasi" (syuanveysi) tugatilib, oʻrniga Qoraqurum oliy dorugʻasi qarorgohi taʼsis etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |