Aleksey Ten (1921-yil, 27-yanvar, Yuqori Sidimi qishlogʻi, Nikolsk-Ussuri uyezdi, Primorsk viloyati – 1968-yil, 10-noyabr, Moskva) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanidagi Budenniy nomli kolxoz raisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951)[1].

Ten Aleksey
Tavalludi 27-yanvar 1921-yil
Yuqori Sidimi qishlogʻi, Nikolsk-Ussuri uyezdi, Primorsk viloyati
Vafoti 10-noyabr 1968-yil(1968-11-10)
(47 yoshda)
Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Partiyasi KPSS
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Ten Aleksey 1921-yil 27-yanvarda Primorsk viloyati, Nikolsk-Ussuri uyezdi, Yuqori Sidimi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1937-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. 1937-yildan Quyi Chirchiq tumani Budyonniy nomidagi kolxozda boshoqchilar brigadasiga rahbarlik qilgan. 1947-yilda u Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzoligiga qabul qilindi.

1950-yilda Aleksey Ten boshchiligidagi brigada 8 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 111,7 sentnerdan yashil kanop poyasi yigʻib oldi. Aleksey Ten SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 15-oktyabrdagi farmoni bilan Lenin ordeni va "Oʻroq va „Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.

U 1958-yilda Xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan. „KXDR va SSSR oʻrtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash“ (1953—1956) mavzusida diplom ishi himoya qilgan. U SSSR Tashqi ishlar vazirligida Shimoliy Koreya delegatsiyalari bilan rasmiy uchrashuvlarda tarjimon boʻlib ishlagan.

1960-yilda minora kranlari boʻyicha mashinistlik kurslarini tamomlagan, soʻngra Glavmosstroyning 15-sonli mexanizatsiyalash boshqarmasining 5-sonli „Mosstroymexanizatsiya“ trestida minora krani mashinisti boʻlib ishlagan (1961—1968).

Aleksey Ten 1968-yil noyabrda Moskvada vafot etdi. Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi sobiq „Tong kommunizm“ kolxozi qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
  • З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
  • Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
  • Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
  • Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar tahrir