Tengku Maimun Tuan Mat
Maimun bintu Tuan Mat xonim — Malayziyalik huquqshunos va Malayziyaning oʻninchi bosh sudyasi 1959- yil 2- iyulda Malayziyada ziyolilar xonadonida dunyoga kelgan. Maimun 2019-yil 12-aprelda Malayziyaning yangi Bosh sudyasi lavozimiga tayinlandi.U ushbu mamlakatdagi oliy sud departamentida lavozimni egallagan birinchi ayoldir.[1][2]
Ta'lim
tahrir1982-yilda Malaya universitetining huquq fakultetining faxriy diplom bilan yakunladi.
Shaxsiy muvaffaqiyatlar
tahrirTengku Maimun sud xizmatiga 1982-yilda Janubiy Kelantan taraqqiyot boshqarmasi (KESEDAR) va keyin Seremban shahar kengashining yuridik xodimi sifatida ishga qabul qilindi.
Tengku Maymun Bosh prokuror departamenti, Magistratura va majlislar sudini o'z ichiga olgan martabadan so'ng 2006-yilda sud komissari lavozimiga qabul qilindi.
2007-yilning sentyabridan to 2013-yilning yanvarigacha Tengku Maimun Oliy sud sudyasi lavozimida ishladi. Uning faoliyati Kuala-Lumpur Oliy sudida, keyin esa Shoh Alam Oliy sudida ishini davom ettirdi.
Malayziya Federal sudining sudyasi etib tayinlanishidan oldin u birinchi marta Malayziya Apellyatsiya sudi sudyasi lavozimiga tayinlangan edi. Tengku Maymun bu lavozimda olti yil davomida , ya`ni ,2013-yilning yanvaridan 2018-yilning noyabrigacha xizmat qilgan.
2018-yil noyabr oyida u Malayziya mamlakatining Eng Oliy Sudi - Federal sudning sudyasi etib tayinlandi.
2019-yil aprel oyida 66 yoshida nafaqaga chiqqan Richard Malanjumning to‘qqizinchi Oliy sudyasi qaroriga ko‘ra, u 2019-yil may oyida Malayziya Bosh vaziri Mahathir bin Muhammad tomonidan o‘zining vorisi etib ko‘rsatilgan va qirol tamonidan nomzodi ma’qullandi.
Faoliyat
tahrir2022-yilning aprel oyida Malayziya Federal sudining Bosh ro‘yxatga olish boshqarmasi Tengku Maymun Umno prezidenti Ahmad Zohid Hamidiy va sobiq bosh vazir Najib Razzoqga qarshi sud ishini tezlashtirgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. Ofisning ta'kidlashicha, siyosiy rahbarlar va Tengku Maymun o'rtasidagi "fitna, til biriktirish yoki noqonuniy ittifoq" haqidagi ayblovlarni rad etish uchun politsiyaga hisoboti berilgan degan noaniq ma`lumotlar tarqaldi. [1]
Manbalar
tahrir- http://www.kehakiman.gov.my/en/court/federal-court/chief-justice (Wayback Machine saytida 2019-01-23 sanasida arxivlangan)
Havolalar
tahrirBosh sudya lavozimida ishlagan malay shaxslari (Wayback Machine saytida 2019-01-23 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Tengku Maimun named new chief justice“. Free Malaysia Today (2019-yil 2-may). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-may.
- ↑ „Tengku Maimun is Malaysia's first woman CJ“. The Star (Malaysia) (2019-yil 2-may). Qaraldi: 2019-yil 2-may.