Teodolit — ochiq joylarda gorizontal va vertikal burchaklarni oʻlchashda ishlatiladigan koʻchma geodezik asbob. Burchaklarni oʻlchash, triangulyatsiya va poligonometriya ishlarini bajarishda foydalaniladi. Burchak oʻlchash ishlarida gorizontal yoʻnalishda G yoki 30" aniqlikda oʻlchaydigan teodolitlar qoʻllanadi. Triangulyatsiya ishlarida (yer sirti holatini aniqlashda) aniqlik darajasi yanada yuqori (0,5" gacha) boʻlgan teodolitlardan foydalaniladi. Aniqlik darajasi yuqori boʻlgan teodolitlar universal teodolitlar deb ataladi. T.lar bilan ochiq joydagi vertikal burchaklar, masofalar hamda yoʻnalishlar, magnit azimutlarini ham oʻlchash mumkin.