Teorema (yun. theoreo — qaramayman, tekshiraman) — matematikada aksiomalar asosida qatʼiy mantiqiy mushohada bilan isbotlanadigan tasdiq. Masalan, geometriyada Pifagor teoremasi, algebrada Viyet teoremasi. Odatda, "A boʻlsa, V boʻladi" (qisqacha Lq>5) koʻrinishga (lekin shart emas) ega. Bunda A tasdiq T.ning sharti, V tasdiq esa xulosasi deyiladi. Vq$A tasdik, Aq>V ga teskari T. deb ataladi. U har doim toʻgʻri boʻlavermaydi — alohida isbot talab etiladi. Agar toʻgʻri T. ham, unga teskari teorema ham isbotlansa, A tasdik. V uchun zaruriy va yetarli shart deb ataladi hamda A<±>V koʻrinishda yoziladi. T.lar matematik tushunchalarni oʻzaro boglaydi va shu jihatdan juda chuqursayozligi, kengtorligi, tatbiqi boryoʻkligi bilan baholanadi.



Teoremani isbotlash-uning shartidan foydalanib,bungacha maʼlum bolgan maʼlumotlarga tayanib,mulohaza yuritib,xulosa qismida ifodalangan tasdiqning togriligini keltirib chiqarishdir