Tereksoy surma koni
Tereksoy surma koni - Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Chatqol tumanidagi kon. 1946-yildan Qadamjoy surma kti tomonidan qazib olinadi. Minerallashish zonasi Sarasoy antiklinalining yadro qismida uni murakkablashtiruvchi va kenglik yoʻnalishi boʻyicha choʻziluvchi Suxar braxiburmasida joylashgan. Kondagi togʻ jinslarining aksari qismi oxakli slanetslar bilan qoplangan proterozoy marmarlaridan iborat. Asosan, proterozoy davriga oid slanets va marmarlar chegarasidagi gidrotermal oʻzgargan kvarsli brekchiyalar tarkibida 10% antimonit, oʻrtacha 7,6% gacha oltingugurt ruda tanalari joylashgan. Brekchiyalar tarkibi oʻzgaruvchan boʻlib, kvarsohaktoshli, kvarsslanetsli va kvarsli boʻladi. Rudalashish zonasi turli darajada sulfidlashgan (pirit, arsenopirit) kulrang, och kulrang tusdagi brekchiyalashgan, kvarslashgan karbonatslaneili jinslardan iborat. Rudalashish zonasining chegaralari yetarlicha aniq. Konda qatlamlinzasimon 4 ruda tanasi aniklangan boʻlib, 1ruda tanasi eng yirik va sifatli xamda qazib olishga yarokli. Ruda tanasi 250 m chuqurlikkacha davom etib, yoʻnalishi boʻylab qariyb 300 m, oʻrtacha qalinligi 3,5 m. Kondan qoʻshimcha kumush ham olinadi. Konning genezisi gidrotermalmetasomatik. Asosiy minerallari — pirit, antimonit, tugʻma oltin. Ikkilamchilari — markazit, sfalerit, sinkelit, tetraedrit, xira rudalar va xalkopirit.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |