Teriodontlar (Theriodontia) -qirilib ketgan teropsidlar turkumiga mansub sudralib yuruvchilar kenja turkumi. Perm oxiridan yura davri oʻrtalarigacha Avstraliyadan tashqari hamma hududlarda yashagan. Uzunligi 10 sm dan 3—3,5 m gacha. T. juda harakatchan, jagʻlari kuchli, qoziq tishlari yaxshi rivojlangan. tipik vakili inostransseviya. Yuksak T.ning qoziq tishlaridan keyingi tishlari uch qirrali yoki koʻp doʻmboqchali boʻlgan. Perm davri oxirida T. issiq qonlilikka oʻtgan. Trias davrining T.i sut emizuvchilar uchun xos xususiyatlar (ikkilamchi tanglay, diafragma, yung qoplami)ga ega boʻlgan. T. orasida hammaxoʻr, oʻsimlikxoʻr guruhlari uchraydi. T.ning bir guruhi — senodontlar tuban T. bilan qadimgi sut emizuvchilarni bogʻlab turuvchi oraliq zveno hisoblanadi. Senodontlar perm va trias davrlarida, umurtqalilarning kelib chiqishida asosiy rol oʻynagan.