Terixoʻrlar (Dermestidae) -qoʻngʻizlar oilasi. 800 ga yaqin turi maʼlum. Tanasining uz. 2–12 mm, silindrsimon yoki oval, moʻylovi kalta. Lichinkasi harakatchan, tanasi xitin qoplagʻich va uzun tuklar bilan qoplangan. T. hayvon va oʻsimlikning quruq mahsulotlari (moʻyna, teri, quruq meva, gerbariy va boshqalar), ayrim turlari gul changi bilan oziqlanadi. Vetchina terixoʻri, muzey terixoʻri, moʻyna terixoʻri kabi zararkunanda turlari bor. T.ga karshi kurashish uchun omborlar dezinseksiya qilinadi.