Terks va kaykos orollari – Bagama orollarining janubi-sharqiy qismidagi Terke, Kaykos va 30 dan ortiq boshqa orollardan iborat Buyuk Britaniya mulki. Maydoni 430 km². Maʼmuriy markazi – KobernTaun shahri. Aholisi 15 ming kishidan ziyod, 90% dan ortigi Afrika qitʼasidan borgan. Rasmiy til – ingliz tili. Orollar marjon ohaktoshlaridan tuzilgan boʻlib, riflar bilan oʻralgan. Karst keng tarqalgan. Iqlimi tropik, passat, oylik temperatura 2327°C. Kuchli shamol va dovullar boʻlib turadi. Yillik yogʻin oʻrtacha 1000 mm. Shoʻr koʻl koʻp. Doim yashil butazorlar, kokos palmasi plantatsiyalari bor. Orolni 1512-yilda ispanlar egallagan. 17-asrda orolga Bermuda o.laridan Aholi kelib urnashgan. 1766-yildan Buyuk Britaniya mulki. 18741962-yillarda Yamayka tarkibida bulgan. 1959-yilda oʻzinioʻzi ichki boshqarish huquqiga ega boʻldi. Orol muhim moliya markazlaridan. Qishloq xoʻjaligida dukkakli ekinlar, makkajoʻxori, meva va sabzavotlar ekiladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Baliq konservalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish. korxonalari mavjud. Yirik orollarda xalqaro aeroportlar bor. Turizm rivojlangan. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Yamayka. Terks va Kaykos-Buyuk Britaniyaning Karib dengizi havzasidagi dengizorti hududi hisoblanadi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra,Terks va Kaykos orollari dunyoning mustaqil davlatlar qatoriga kirdi, chunki 1982-yil orollar oʻz mustaqilligiga erishdi.