Terminal holat (lot. terminalis oxirgi, soʻnggi) — hayotning soʻnggi bosqichi; hayot bilan oʻlim orasidagi holat. Bunda organizm yashashi uchun muhim boʻlgan organ va sistemalar faoliyatida (xatto tiklash mumkin boʻlsa ham) chuqur oʻzgarishlar roʻy berib, gipoksiya kuchayadi. T.gʻ. (behushlik boshlansada) nafas reflekslari va yurak faoliyati saqlanib turgan agoniyao l d i, agoniya va klinik oʻlim kabi 3 bosqichni oʻz ichiga oladi. Terminal holatning davomiyligi asosiy kasallikning ogʻir yoki yengilligiga va organizmni jonlashtirish (qarang reanimatsiya) chora tadbirlari koʻrilishiga bogʻliq.


Manbalar

tahrir