Terminator (chiziq)
(Terminator (astronomiya)dan yoʻnaltirildi)
Terminator (lot. termino — chegar’alayman, ajrataman) — sayyora yoki yoʻldoshlar gardishining yoritilgan (kunduzgi) yarim shari bilan qorongʻi (tungi) yarim sharini ajratuvchi chiziq. Sayyora yoki yoʻldoshlarning T. chizigʻidagi nuqtalarida Quyosh botayotgan (kechqurungi T.) yoki chiqayotgan (ertalabki T.) boʻladi. Yerdan koʻrinadigan yoritqich gardishi (mas., Oy) da T. hamma vaqt ellipsning yarmiga oʻxshaydi, T.ning gardish boʻylab siljishi faza almashinish hodisasini ifodalaydi (mas., Oy fazalari). Atmosferasi bor sayyoralard,h>yefraksiya va tong yorugʻligi yoki qosh qorayishi tufayli T. chizigʻi tungi yarim shar tomonga bir oz siljigan boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |