Termiz-Shibirgʻon-Hirot avtomobil yoʻli
Termiz-shibirgʻon-hirot avtomobil yoʻli - Oʻzbekistonni Afgʻonistonning Hirot sh. bilan bogʻlaydigan qattiq qoplamali yoʻl. Taxminan mil. av. 5-asrlardan karvon yoʻli tarzida paydo boʻlgan. Hozirgi davrda xalqaro magistral yoʻllar tizimida A—76 tituli berilgan. Yoʻlning Termizdan Hirotgacha umumiy uz. 854 km. Oʻz yoʻnalishida Mozori Sharif, Balx, Temurok, Oqcha aholi punktlari orqali Shibirgʻon shahriga, undan Andxoy, Maymana, Bolamurgʻob, Qalʼai Nov aholi punktlari orqali Hirot shahriga boradi. Yoʻl qatnov qismining kengligi 8–10 m ni tashkil qiladi. Yoʻlning Termizdan Mozori Sharif, Shibirgʻongacha boʻlgan qismi tekislik va choʻl zonasi boʻylab, Andxoygacha qum barxanliklari oralab, Andxoydan Qalʼai Novgacha togʻ oldi va togʻliklardan oʻtib, Hirotgacha tekisliklardan oʻtgan.
Hirotdan T.Sh.Termiz-Shibirgʻon-Hirot avtomobil yoʻliyilning davomi boʻlgan Karochi, Choxbahr, Bandar Abbos dengiz portlariga eltuvchi avtomobil yoʻllari boshlanadi. Hirotdan Karochigacha boʻlgan qismi qattiq qoplamali, uz. 1485 km. Hirotdan Bandar Abbos dengaz portigacha boʻlgan yoʻl (uz. 1858 km), Hirotdan Choxbahr dengiz portigacha boʻlgan yoʻl ham qattiq qoplamalidir (1740 km ni tashkil qiladi). Soʻntti oʻtgan chorak asr davomida Afgonistondagi urushlar oqibatida ushbu yoʻlning ayrim kismlari, jumladan Shibirgondan Hirotgacha qismi taʼmir talab boʻlib qolgan.
Portlarga keltiriladigan barcha xalqaro va mahalliy yuklar shu yoʻllar orqali tashiladi.
Tohirjon Mirzayev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |