Termiz davlat pedagogika instituti

Tashkil etilishi tahrir

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali hamda Termiz davlat universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

-Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin

hududda pedagogika soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, shuningdek, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash;

Institutning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish va ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish;

o‘quv va ilmiy laboratoriya xonalarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash hamda o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

xorijiy yetakchi va nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-uslubiy ta’minotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;

ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash;

pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;

respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;

xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarini tayyorlash.

RAHBARIYAT tahrir

Rektor Xasanov Azizbek Baxtiyarovich

 



Rektor lavozim vazifalari

O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

Oliy ta’lim muassasasida O'zbekiston Respublikasining “Ta’lim to'g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;

Oliy ta’lim muassasasi tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;

Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;

Oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;

Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;

Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;

O'quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;

Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar institutiga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;

Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;

Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;

Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o'quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o'quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;

Ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;

Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;

Oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, oliy ta’lim muassasasining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;

Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;

Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;

Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.

O'quv ishlari bo'yicha prorektor tahrir

O'quv ishlar bo‘yicha prorektor: Tojiyev Panji Jovliyevich O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o'rinbosari lavozim vazifalari:

 




O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;

Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, o‘quv jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha OTMsi Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;

Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini tashkil etish;

O'quv rejalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;

Pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

Barcha ta’lim yo‘nalishlarini o‘quv reja va dasturlari bilan ta’minlash;

O'quv-uslubiy kengashga rahbarlik qilish, o‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

O'quv uslubiy bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

Talabalarning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini, shuningdek, darslik, o‘quv-uslubiy majmualar ta’minoti bo‘yicha nashriyot ishlarini tashkil etish;

O'tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

O'quv va uslubiy konferensiyalarni tashkil etish, OTMsi uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;

Talabalarni Respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiada tanlovlariga maqsadli tayyorlash, olimpiada natijalarini tahlil qilish, Prezident va davlat stipendiyalariga tayyorlash ishlarini uzluksiz shaklda tashkil etish va boshqarish;

Ustoz-shogird an’analari asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish, talabalar bilimini baholashning zamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etish, ularning bilimlarini ob’ektiv baholashni tashkil etish;

Fanlarni o‘zlashtira olmayotgan talabalarni OTMsidan chetlashtirish, uzrli sabablar bilan o‘qishdan chetlashtirilganlarni qayta tiklash, talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, stipendiya tayinlash ishlarini nazorat va tashkil etish;

O'quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat etish, kafedralarga o‘quv yuklamalarini taqsimlashni tashkil etish, yillik hisobotlarni tahlil qilish va o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Talabalar mustaqil ta’lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarni tatbiq etish, kerakli sharoitni barpo etish;

Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;

Bo'sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

O'quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;

Birinchi kursga talabalikka qabul qilish ishlarini tashkil qilish, dekanlarning talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, akademik ta’til berish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqish;

Talabalar amaliyotlarini tashkil etish va shu maqsadda korxona va tashkilotlarning rahbarlari bilan doimiy aloqa o‘rnatish, o‘quv ishlarining ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyasini tashkil etish;

O'quv-uslubiy hisobotlarni belgilangan shakllarda rektoratga taqdim etishni ta’minlash, maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun davlat andozasi asosida o‘quv rejalarini tayyorlash va tegishli tartibda tasdiqlash, qayta ko‘rib chiqish, takomillashtirish;

Fakultetlarda o‘quv-uslubiy majmualar ta’minotini tashkil etish, boshqarish, o‘quv jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etish, mutasaddi kafedralar faoliyatini nazorat etish;

O'quv intizomini buzgan pedagoglarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

Kafedralar va fakultetlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;

Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

O'rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;

Oliy ta’lim muassasasini o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor tahrir

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor: Turamuratov Ulug`bek Uroqovich

 

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha

direktorning birinchi o'rinbosari lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;

Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

Talaba-yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish;

Ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqarishni takomillashtirib borish;

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish mexanizmini vujudga keltirish;

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazish hamda har tomonlama tushuntirishni tashkil qilish;

Vakolatli davlat organlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarini oliy ta’lim muassasasi jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;

Ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun kerakli sharoitlarni ta’minlash;

Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda talabalardagi ma’naviy boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish va ularda o‘z tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish;

Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq- tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;

Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

Ijtimoiy-gumanitar kafedralarda o‘qitiladigan fanlarni uslubiy va informatsion (adabiyot, qo‘llanma va sh.k.) ta’minlashni, professor-o‘qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o‘rganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;

Ijtimoiy-gumanitar fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash;

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish. Ta’lim muassasasida talaba-o‘quvchilarning qiziqishlariga muvofiq yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar, kichik korxonalar, talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan (haq to‘lanadigan) tuzilmalar tashkil etish;

Ta’lim muassasasida talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;

Talaba-o‘quvchilar orasida badiiy adabiyotni, xususan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlariga alohida e’tibor berish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish. Ta’lim muassasasi axborot resurs markazini turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish;

Ta’lim muassasasi sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;

Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish;

Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalar bilan fakultetlar va ta’lim muassasasining hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;

Ko‘p nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlash, ularda ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy yoritib borish;

Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik to‘garaklari ko‘riklarini va olimpiadalarni muntazam o‘tkazishni tashkil etish;

Respublika, viloyat va shahar miqyosida bo‘ladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o‘qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;

Professor-o‘qituvchilar va talabalar munosabatida odob-axloq me’yorlari va yuqori muomala madaniyatini tarkib toptirish.

Moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektor tahrir

Moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektor: Saparov Xasan Djumanazarovich

 




Professor o'qituvchilar tarkibi tahrir

 
Isayev Oybek Axmed o'g'li
 
Begimqulov Oltiboy Jo'rayevich
 
Berdiyeva Muxabbat Meyliyevna


Begimqulov Oltiboy Jo'rayevich 1967-yil 1-fevral Sherobod tumanida tug’ilgan. Millati o'zbek. Ma'lumoti oliy. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha dotsent Begimqulov Oltiboy Jo‘rayevich. O.J.Begimqulov jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bo‘yicha yetuk mutaxassis, ayniqsa “O‘zbek kurashi” borasida o‘z maktabini yaratgan mohir sportchi O.J.Begimqulov mamlakatimizda “O‘zbek kurashi” rivojiga hissa qo‘shayotgan sportchi hamda olim sifatida “Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash”, “Buyuk donishmand va allomalar jismoniy tarbiya va salomatlik xususida”, “O‘zbek milliy kurashi: tarixi va an’analari”, “Olimpizm”, “Jismoniy tarbiya va sport fanlariga oid tayanch tushunchalar va atamalar” o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma va monografiyalar, “Jismoniy tarbiya va sport” darsligi va ko‘plab ilmiy maqolalar muallifidir. Jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimi vazifasida ishlab kelmoqda.

 
Daminov Ilhomjon Ashiralievich



 
Dusyarov Xudoymurot Chorshanbiyevich

Berdiyeva Muxabbat Meyliyevna, 1968-yil 19-fevralda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma'lumoti Oliy 1985-1989 yillarda Termiz davlat universitetining pedagogika va psixologiya (maktabgacha tarbiya ) yo‘nalishini tugatib, 2021-yilning avgust oyidan Termiz davlat universitetining Pedagogika institutida Maktabgacha va Texnologik ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri Berdiyeva Muhabbat Meliyevna

 
Xudoyberdiyev Shamsutdin Tulqinovich


Daminov Ilhomjon Ashiralievich

Kafedra mudiri, dotsent

 
Imanov Baxtiyor Berdiyevich

Dusyarov Xudoymurot chorshanbiyevich 1960-yil 21-fevralda Surxandaryo viloyati Termiz tumanida tug’ilgan. Millati o’zbek. Ma’lumoti Oliy. 1979-1984-yillarda Termiz davlat pedagogika institutining Umumtexnika fanlari va fizika yo’nalishini tugatgan. 1984-1986-yillar Termiz tumanidagi 5-maktab o’qituvchisi, 1987-1990-yillar Termiz davlat universiteti Umumtexnika fanlari va mehnat kafedrasi o’qituvchisi, 1990-2001-yillar Termiz davlat universiteti industrial pedagogika fakulteti dekan o’rinbosari, 2001-2002-yillar Termiz davlat universiteti industrial pedagogika fakulteti dekani, 2002-2003-yillar Termiz davlat universiteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori, 2003-2009-yillar Termiz davlat universiteti Mehnat ta’limi kafedrasi mudiri, 2009-2010-yillar Termiz davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani, 2010-2011-yillar Termiz davlat universiteti kasbiy ta’lim fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi, 2011-2015-yillar Termiz davlat universiteti Mehnat ta’lim kafedrasi dotsenti, 2015-2018-yillar Termiz davlat universiteti Texnika fakulteti kasbiy ta’lim kafedrasi dotsenti, 2018-2019-yillar Termiz davlat universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi, 2019-2020-yillar Termiz davlat universiteti Umumtexnika fanlari va Texnologiya kafedrasi dotsenti, 2021-yil 6-sentiyabrdan Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri Dusyarov Xudaymurot Chorshanbiyevich umumiy 38 yillik ilmiy-pedagogika ish stajiga ega bo’lib, shundan Termiz davlat universitetida 34 yillik ilmiy-pedagogik staji va bugungi kunga kelib, 1 yillik ilmiy-pedagogik ish faoliyatini Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Maktabgacha va Texnologik ta’lim fakulteti Texnologi ta’lim kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Xudoyberdiyev Shamsutdin Tulqinovich tahrir

1966 yil 3 iyunda to‘g‘ilgan . Millati o‘zbek. 1983-1990 yy.- Termiz davlat pedagogika instituti talabasi 1990-1991 yy.- Termiz davlat pedagogika instituti falsafa kafedrasi o‘qituvchisi, 1991-1994 yy.- Termiz davlat pedagogika instituti O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasi o‘qituvchisi 1994-1996 yy.- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti ilmiy tadqiqotchisi 1996-2006 yy.- Termiz davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi. 2001-2005 yy.-Termiz davlat universiteti tarix va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo'yicha o‘rinbosari. O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi 2005-2007 yy.- Termiz davlat universiteti Tarix va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi 2007 -2010 yy.- Termiz davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi 2010 -2011 yy. - Termiz davlat universiteti O‘zbekiston tarixi va gumanitar fanlar kafedrasining katta o‘qituvchisi 2011-2015 yy. - Termiz davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi 2015 -2018 yy. - Termiz davlat universiteti O‘zbekiston tarixi va arxeologiya kafedrasi o‘qituvchisi 2018 -2021 yy. - Termiz davlat universiteti O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi 2021- h.v Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Tarix, san’at va sport fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va Tarix fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi .

 
Norbosheva Mexri Achilovna



 
Samiyev Asroriddin Sayfiddinovich


Imanov Baxtiyor Berdiyevich

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Narbasheva Mexri Achilovna 1966-yil 5-noyabrda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma’lumoti oliy. 1983-1987 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini “Pedagogika va psixologiya” ixtisosligini tamomlagan. 1989-1991 yillarda Rossiya Pedagogika Fanlari akademiyasi qoshidagi maktabgacha tarbiya ilmiy tadqiqot instituti stajyor-tadqiqotchisi, 1991-1993 yillarda Rossiya Ta’lim akademiyasi Shaxs rivojlanishi instituti qoshidagi maktabgacha tarbiya ilmiy tadqiqot instituti aspiranti sifatida faoliyat ko`rsatgan. 2021-yil sentabr oyidan boshlab Termiz davlat Pedagogika instituti Psixologiya kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda. Narbasheva Mexri Achilovna 31 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo`lib, 1 yillik ilmiy-pedagogik ish faoliyatini Termiz davlat Pedagogika institutida davom ettirmoqda.



Samiyev Asroridin Sayfidinovich 1969 yil 11-avgustda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1991 yil Dushanbe davlat pedagogika institutini tugatgan. Pedagogik faoliyatini 1991 yildan Termiz davlat universiteti “Pedagogik mahorat” kafedrasidan boshlangan. Termiz davlat universitetida 30 yil faoliyat ko‘rsatib oddiy o‘qituvchilikdan turli lavozimlarda ishlab kelgan. 2003-2009 yillar Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha” dekan o‘rinbosari lavozimida, 2009-2011 yillar Termiz davlat universiteti “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati yetakchisi lavozimida ishlagan. 2012-2015 yillar Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha” dekan o‘rinbosari, 2015-2019 yillar Termiz davlat universiteti “Ichki nazorat va monitoring bo‘limi” boshlig‘i, 2019-2021 yillar Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti dekan vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.

2023 yildan Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti O'quv bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 100 ga yaqin ilmiy maqola, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta o‘quv qo‘llamaning muallifidir.

Fakultetlar tahrir

Bugungi kunda Termiz davlat pedagogika institutda 11 ta fakultetga talabalar qabul qilinadi[1].

— Tabiiy fanlar fakulteti

— Matematika va informatika fakulteti

— Pedagogika va sanʼat fakulteti

— Xorijiy til va adabiyot fakulteti

— Boshlangʻich taʼlim fakulteti

— Tarix fakulteti

— Jismoniy madaniyat fakulteti

— Filologiya fakulteti

— Maktabgacha taʼlim fakulteti

— Magistratura bo'limi

— Sirtqi (maxsus-sirtqi) bo'lim

Xalqaro aloqalar yangiliklari tahrir

  • 2022-yil 18-fevral kuni Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogika universiteti va Termiz Davlat universiteti Pedagogika institututi o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan ZOOM orqali davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
  • 2022-yil 1-aprel Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti xalqaro hamkorlik boʻlimiga Germaniyadan Rur-Boxum universiteti filologiya fanlari doktori, professor Janob Manfred Fryuauf hamda Germaniya akademik almashinuv xizmati xodimi Janob Anton Umbax tashrif buyurishdi.

Qizgʻin kechgan uchrashuvda Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti va Germaniya davlati Rur-Boxum universiteti õrtasida tuzilishi kutilayotgan qoʻshma dastur hamda yangi loyihalar ustida suhbatlar boʻlib oʻtdi.

  • 2-aprel kuni Termiz davlat universitetining Pedagogika institutiga Belorussiyaning Polotsk davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori Yuriy Golubev Viktorovich, O'qitish texnologiyasi va metodikasi kafedra mudiri Natalya Viktorovna, Jismoniy tarbiya va sport kafedra mudiri Yelena Nikolayevna tashrif buyurishdi.

Rasmiy uchrashuvda Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti va Belorusiyaning Polotskiy davlat universiteti o'rtasida xalqaro hamkorlik shartnomasi tuzildi. Shuningdek, tuzilishi kutilayotgan qoʻshma dastur hamda yangi loyihalar ustida suhbatlar boʻlib oʻtdi. Rasmiy uchrashuv so'ngida har ikkala tomon o'z samimiyatini. namoyon etgan holda o'zaro sovg'alar almashishdi. Rasmiy uchrashuvdan so'ng tadbir ishtirokchilari viloyatimizning boy tarixi va madaniyatidan xabar beruvchi Al hakim at-Termiziy ziyotgohiga, Fayoztepa, Qoratepa arxeologik inshootlariga tashrif buyurishdi. Ushbu uchrashuv har ikkala oliygoh o'rtasidagi shartnomaning porloq kelajajagi uchun debocha vazifasini o'tadi.

  • Kutilayotgan rejalar: Xalqaro SES tashkiloti a‘zosi Germaniyaning Rur-Boxum universiteti Filologiya fanlari doktori, professor Janob Manfred Fryuaufl 2023-yil aprel-may oylarida olti xaftalik darslarini tashkil etishi kutilmoqda.
  • 2022-yil 17-28-yanvar kunlari Volgograd ijtimoiy-pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan «Govorim po-russki» nomli ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn o‘quv kursiga institutning rus tili yo‘nalishi talabalari ishtirok etdilar va kurs yakunida 3-bosqich talabalari Sotiboldiyeva. M va Eshqobilova.F lar faol ishtirok etishib, sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
  • 2022-yil 18-fevral kuni Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari va Termiz davlat pedagogika institututi Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, fevral oyida Termiz davlat pedagogika instituti va Qozog‘istonning Akademik Buketov nomidagi Karaganda universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

2022-yil mart oyida institut ERASMUS+ dasturida ro‘yxatdan o‘tkazildi, endilikda ERASMUS+ ning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan tanlovlarida institut professor-o‘qituvchilari va talabalarning ishtirokini ta’minlash kutilmoqda.

Mart oyida barcha yo‘nalish talabalari orasida “Ta’limni xorijda davom ettirishni xoxlaysizmi” nomli erkin so‘rovnoma o‘tkazildi va ular orasidan chet tillarini yaxshi biladigan hamda mustaqil o‘rganayotgan talabalarni saralab olindi.

2022-yilning 17-mart kuni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida “Fanlarni ingliz tilida o‘qitish” xalqaro loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va tavsiyalar yuzasidan Davra stoli bo‘lib o‘tdi.

2022 yil davomida institutimizga bir qancha xorijiy mehmonlar tashrif buyurishdi. Jumladan, 2021 yil 1-3 dekabr kunlari Germaniyaning akademik almashinuv xizmati vakili janob Anton Umbach institutga amaliy tashrifni amalga oshirdi. Janob Anton Umbach xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy tillar kafedrasining doimiy hamkori hisoblanadi. Rasmiy tashrif davomida Tillar fakultetining nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun seminarlar va davra suhbatlari rejalashtirilgan. Ushbu tashrifning amaliy davomi sifatida 2022-yilning 1-2-aprel kunlari Janob Anton Umbach va Germaniyaning Rur-Boxum universiteti Filologiya fanlari doktori, professor Janob Manfred Fryuauflar institutimizda mehmon bo‘ldilar. Tashrif davomida Nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari uchun test sinovlari o‘tkazildi. Tashrif so‘ngida 2023-yil aprel-may oylarida Filologiya fanlari doktori, professor Janob Manfred Fryuaufning olti haftalik darslarini tashkil etishga kelishib olindi.

2022-yil 2-aprel kuni institutimizga Belarussiyaning Polosk davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Golubev Yuriy Viktorovich, O‘qitish texnologiyasi va metodikasi kafedra mudiri Natalya Viktorovna, Jismoniy tarbiya va sport kafedra mudiri Yelena Nikolaevnalar tashrif buyurdi. Rasmiy uchrashuvda Termiz davlat pedagogika instituti va Polosk davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

2022 yil 3-19-oktabr kunlari institutga Germaniyaning SES xalqaro tashkiloti ekspert-pedagogi Helga Joosten tashrif buyurib, 1 oy muddatga davom etadigan institut o‘qituvchilari va talabalariga seminar mashg‘ulotlarini o‘tdi.

2022 yil 12-15-dekabr kunlari institutga Rossiya Federasiyasining Shadrinsk davlat pedagogika universitet o’qituvchisi filologiya fanlar nomzodi Nikonorov Sergey Vladimorovich tashrib buyurdi. Tashrifi davomida rus tili va adabiyoti yo’nalishi talabalariga mutaxassisligidan ma’ru’za mashg’ulotlarini o’tdi.

Iqtidorli talabalar tahrir

TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING IQTIDORLI TALABALARI TO‘G‘RISIDA

MA’LUMOT

Talabaning I.F.Sh Fakultet, ta’lim yo‘nalishi va bosqichi Erishgan yutuglari

(Prezident va nomli davlat stipendiyanti, chempion v.h) oy, kun, yil

Ilmiy raharining

I.F.Sh

Mamarajabova Yulduz Chorshanbi qizi Boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 20-04-guruh Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Viloyat hokimi stipendiyasi” sovrindori Bobomurodov Sirojiddin Mengziyo o‘g‘li
Olloqulova Muslima Ibodulla qizi Boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 20-01-guruh Surxondaryo viloyatidagi oliy taʻlim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Shaxmat sport musobaqasi sovrindori Temirova Matluba Karim qizi
Xolliyeva Sevara Rustam qizi Boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 301-guruh Navoiy nomidagi davlat stipendianti

22.12.2022 yil

Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi Norqobilova Rayxona Davlatovna
Mamatmurodova Muxlisa Kamol qizi Boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 302-guruh Islom Karimov nomidagi davlat stipendianti 22.12. 2022 yil Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi Norqobilova Rayxona Davlatovna
Kamolova Mohichehra Azamat qizi Boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 301-guruh 2023-yilda “Viloyat hokimi stipendiyasi”ning II-mavsumida munosib deb topilganligi uchun Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi Norqobilova Rayxona Davlatovna
Ismoilova Mashhura Eshmamat qizi Boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 302-guruh 2023-yilda “Viloyat hokimi stipendiyasi”ning I-mavsumida munosib deb topilganligi uchun Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi Norqobilova Rayxona Davlatovna
Abdusamatova Mohinur Abdijalil qizi Boshlang‘ich ta’lim fakulteti,

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi

306-guruh

2023-yilda “Viloyat hokimi stipendiyasi”ning II-mavsumida munosib deb topilganligi uchun Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi Norqobilova Rayxona Davlatovna
Ismoilova Gulmira Erkin qizi Maktabgacha ta’lim fakulteti,

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi

“Viloyat hokimi stipendiyasi” sovrindori, yil talabasi ko’rik tanlovi g’olibi Kosimov Shavkat Uralovich
Xalilova Nozima

Qilichjon qizi

Maktabgacha ta’lim fakulteti,

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi

“Viloyat hokimi stipendiyasi” sovrindori

3-mart 2023-yil. “Viloyat madaniyatini targ’ib etuvchi talaba”

Muxammadieva Feruza

Turakulovna

Xusanova Dinara Erkin qizi Maktabgacha ta’lim fakulteti,

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi

(MDH) davlatlar miqyosida tashkil etilgan “Intellektual izlanuvchi” esdalik nishoni

2022-yil 24-dekabr 32-sonli qaror

Jumayeva Malika Aliyevna
Omonov G‘olibjon Tolib o‘g‘li Matematika va informatika fakulteti, Matematika va informatika yo‘nalishi 3-bosqich 302-guruh “Intellektual haftalik” musobaqasida Surxondaryo viloyati viloyat bosqichi g‘olibi Turayev Haydar
Ergashova Gulruxsor Toshmuhammad qizi Matematika va informatika fakulteti, Matematika va informatika yo‘nalishi

2-bosqich 205-guruh

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik tanlovi tuman bosqichi g‘olibasi Karasakalov Revkat Kenesovich
Muhammadiyeva Lobar Lola qizi Matematika va informatika fakulteti, Matematika va informatika yo‘nalishi

3-bosqich 304-guruh

“Viloyat hokimi stipendiyasi” g‘olibasi Raimqulov Sherali Urazdavlatovich
Maxmudov Shuhrat Omon o‘g‘li Matematika va informatika fakulteti, Matematika va informatika yo‘nalishi

3-bosqich 301-guruh

Xakaton 2021 startap g‘olibi,

Xakaton 2022 startap finalchisi

Surxondaryo IT park viloyat bosh koordinatori

O‘taganova Umida Egamberdi qizi
Qudratova Manija Shohmansur qizi Filologiya fakulteti, O‘zbek tili va adabiyoti 2-bosqich “Viloyat hokimi stipendiyasi” g‘olibasi Xamidov Abdumalik Kiranovich
Ashurova Manzifa Xolmurod qizi Filologiya fakulteti,

O‘zbek tili va adabiyoti. 2-bosqich

“Viloyat hokimi stipendiyasi” g‘olibasi Mardonova Lobar Umaraliyevna
Soatova Rayxona Sadriddin qizi Pedagogika va san’at fakulteti, Pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich Prezident grantiga nomzod Turamuratov Ulug‘bek Uroqovich
Choriyeva Asila Xabibullo qizi Pedagogika va san’at fakulteti,

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi

Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Hokim stipindiyasi” sohibi

02.11.2022-yil 1-mavsum

Qodirov Qutluqbek Bekmurodovich
Ergashova Shoxista Anvar qizi Pedagogika va san’at fakulteti,

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi

Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Hokim stipindiyasi” sohibi

30.02.2023-yil 2-mavsum

Xaitov Zufar Asroraliyevich
Hayitmurodova Mohigul Ural qizi Pedagogika va san’at fakulteti,

Texnologik ta’lim kafedrasi

Surxondaryo viloyatidagi oliy taʻlim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Viloyat hokimi stipendiyasi” sovrindori

2-mavsum 02.11.2022

Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri dots. X.Ch.Dusyarov
Xurramov Jasur Raxmatulla o’g’li Pedagogika va san’at fakulteti,

Texnologik ta’lim kafedrasi

Surxondaryo viloyatidagi oliy taʻlim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Viloyat hokimi stipendiyasi” sovrindori

2-mavsum 03.03.2023

Texnologik ta’lim kafedrasi o‘qityuvchisi Sh.Gadaymuratov

Rag'batlantitrilgan hodimlar tahrir

 


 


 
 

Manbalar tahrir