Termiziylar tarixiy merosi muzeyi

Termiziylar tarixiy merosi muzeyi — Hakim at-Termiziy majmuasiga kiraverishda chap tomonda 2001-yili Termiz shahrining 2500 yilligi arafasida bunyod etilgan „Termiziylar tarixi merosi muzeyi“ mavjud.

Termiziylar tarixiy merosi muzeyi

Tashqi koʻrinishidan muzey XVII- XIX asrlarda barpo etilgan keyingi oʻrta asrlarga mansub madrasa qiyofasini takrorlaydi. Bino kiraverishdagi peshtoqi ziynatlangan. Toʻrt tarafdagi fasadlarning ikkala qanotida gumbazsimon qubbasi boʻlgan „guldasta“ minorachalar qad rostlagan. Bosh peshtoqning kitobasida suls xatida oq rangda hadis bitilgan[1].

Manbalar

tahrir