Termograf (termo... va ...graf) — havo, suyuqlik va boshqa trasini uzluksiz qayd qiluvchi asbob. T.da bimetall plastinka, suyuklik termometri yoki qarshilik termometri sezgir element vazifasini oʻtaydi. Meteorologiyada sezgir elementi temperatura oʻzgarishi bilan deformatsiyalanuvchi egik bimetall plastinkali T. keng tarqalgan. Bu plastinka uchining siljishi milga uzatiladi va grafalarga boʻlingan (darajalangan) lentada egri chiziq chizadi.

Chiziqning vertikal boʻyicha 1 mm uzunligi G ga toʻgʻri keladi. Barabanining toʻla aylanish vaqtiga qarab, sutkali va haftali T.larga boʻlinadi. T.ning ishlashi simobli termometrlar bilan tekshirib turiladi.