TERNER (Turner) Nat (1800.2.10, Sautxempton, Virginiya shtati — 1831.11.11, Iyerusalim, hozirgi Kortlend, Virginiya) — AQShdagi qora tanli qullar qoʻzgʻoloni rahbari. Butun umri qullikda oʻtgan. Oʻqishyozishni oʻrganib olib, dinni targʻib etuvchi voiz boʻlgan. 1831-yil qullar qoʻzgʻolonini tashkilotchisi va rahbari. Qoʻzgʻolon bostirilgach, yashirinib yurgan; 30 okt,da qamoqqa olingan, keyinchalik osib oʻldirilgan.