Terpenlar — tabiatda keng tarqalgan toʻyinmagan uglevodorodlar, umumiy formulasi (S5N8)l yaq2, 3, 4 va h. k. boʻlishi mumkin. Barcha T., odatda, izoprenning polimerizatsiyalanishidan X.OSIL boʻlgan mahsulotlar deb qaraladi. T. molekuladagi izopren boʻgʻimlariga qarab, quyidagi qatorlarga boʻlinadi: xususiy mono T. (pq2) (koʻpincha T. deganda faqat shu birikmalar tushuniladi); seskviterpenlar (yaq3); diterpenlar (yq4) (diterpenlar hosilalariga smola kislotalari mansub); triterpenlar (yaq6) (bunga sterin va gormonlar kiradi); politerpenlar (p bir necha yuzdan oʻnlab minggacha) (tabiiy kauchuk, guttapercha kiradi).

T.ning har bir qatori, oʻz navbatida, quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) alifatik yoki atsiklik T. — uglerod atomlari ochiq zanjirli birikmalar. Bu guruhning xususiy T.i (S|0N|6) 3 ta qoʻsh bogʻlidir (mirsen, otsimen); 2) karbotsiklik T. Bu birikmalarda bir yoki bir necha uglerod atomi halqasi boʻladi. Halqalar soniga qarab, T. quyidagilarga boʻlinadi: a) 1 ta olti aʼzoli halqali monotsiklik T. Bu guruhning xususiy T.i 2 ta qoʻsh bogʻlidir (limonen, terpinenlar, terpinolen); b) 2 halqali bitsiklik T. Bu guruh T.i (SYUN|6) 1 ta qoʻsh bogʻlidir (pinenlar, kamfen); v) 3 ta uglerod atomi halqasi boʻlgan tritsiklik T. Bu guruh T.i (S10N|6)da qoʻsh bogʻlar boʻlmaydi; g) diterpenlar, triterpenlar va politerpenlarda 3 tadan ortiq halqa boʻlishi mumkin. T. hosilalari funksional guruhlari tavsifiga qarab, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, oksidlar, gidroksidlar, peroksidlar, kislotalar va h.k. ga boʻlinadi.

Monoterpenlar zichligi 1000 kg/m3 gacha, qaynash temperaturasi 150—190°, seskviterpenlarniki 230—300°, diterpenlarniki 300°dan yuqori. T. — xushboʻy; suvda erimaydi, organik eritmalarda yaxshi eriydi.

T. va uning hosilalari gullar, mevalar, oʻsimlik bargidan olinadigan efir moylarining tarkibiy qismidir. T. oʻsimliklardan bugʻlatib, quruq haydab, ekstraksiyalab olinadi. Kimyo, atirupa, farmatsevtika, lokboʻyoq, qogʻoz, sovun sanoatida keng qoʻllanadi.