Terset
Terset (lot. tertius — uchinchi) — uch xonandadan tashkil topgan ansambl, shuningdek, ular ijrosiga moʻljallangan asar nomi (odatda, opera, operetta, kantata janrlaridagi asarlarning tarkibiy qismi). 3 ta ijrochi (sozanda)ga moʻljallangan mustaqil asarlar koʻpincha trio deyiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |