Tesha Zohidov
Tesha Zohidovich Zohidov (1906.10.5, Qoʻqon — 1981.22.8, Toshkent) — Oʻzbekistonda zoologiya fani tashkilotchilaridan biri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1947), biologiya fanlari doktori (1948), professor (1949). Urta Osiyo universitetini tugatgan (1931). Shu universitet rektori (1932, 1941, 1950-51). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya instituti direktori (1946-50), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (1952—56). Asosiy ishlari umurtqali hayvonlarni oʻrganishga, zoologiya fanini targʻibot qilishga bagʻishlangan. Qizil-qum umurtqali hayvonlarining fau-nistik tarkibi va ekologiyasini oʻrgangan. "Zoologiya ensiklopediyasi" (1—4-jildlar, T., 1957—79) asari uchun Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati unvoniga sazovor boʻlgan (1971).[1]
ManbalarTahrirlash
- Zoologiya ensiklopediyasi (Qushlar, T., 1957, Sut emizuvchilar, T., 1960; Amfi-biyalar va reptiliyalar, T., 1969; Baliklar va tuban xordalilar, T., 1979); Biotsenozi pustini Kizilkum, T., 1971.
HavolalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |