Teshiktosh odami - Teshiktosh tridan topilgan neandertallar vakilining suyak qoldigʻi. A. P. Okladnikov oʻrgangan (1938—39). Koʻpgina tadqiqotchilarning fikricha, Teshiktosh odami suyak qoldiqlari 8—9 yoshdagi bolaniki boʻlgan. Bola dafn qilingan joy atrofida togʻ echkisining bir necha juft shoxi yotgan. Marhumni qabrga turli buyumlar bilan koʻmish, dastlabki diniy tasavvurlarning paydo boʻla boshlaganligidan dalolat beradi. Teshiktosh odami kalla suyagining hajmi katta (1490 sm3), uning qopqogʻi pitekantrop yoki sinantropnnknga nisbatan balandroq. Biroq hozirgi bolalarnikidan pastrokdir. M. M. Gerasimov kalla suyagi asosida Teshiktosh odamining yuz tuzilishini tiklagan (1949).

1973-yil antropolog V. P. Alekseyev Teshiktosh odamini toʻla oʻrganib, skelet qiz bolaga tegishli boʻlib, u inson evolyutsiyasining neandertal fazasiga mansub ekanligi va Yevropa yoki Old Osiyo guruhiga kirishini bildirgan.