Tesho Akindele (talaffuzi: Tesho Akindayl) — 1992-yil 31-martda Kanadaning Kalgari shahrida tugʻilgan. „Orlando City“ va Kanada terma jamoasi hujumchisi.

Tesho Akindele
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tesho Akindele
Tavallud sanasi 31-mart 1992-yil
Tavallud joyi Calgary, Alberta, Kanada bayrogʻi Kanada
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Orlando City
Raqami 13
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013 Real Colorado Foxes 1 (0)
2014—2018 FC Dallas 133 (24)
2019— Orlando City 104 (19)
2022 Orlando City B 1 (1)
Milliy terma jamoa
2009 Kanada U17 1 (0)
2015— Kanada bayrogʻi Kanada 19 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 9-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 29-iyul uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Tesho Akindele oʻz faoliyatini 2010—2013-yillarda universitetning futbol jamoasida oʻynashdan boshlagan[1]. 2013-yil yozgi mavsumda Tesho Akindele „Real Colorado Foxes“ safida bitta oʻyinda ishtirok etdi.

MLS 2014 Super Draftida Tesho Akindele „Dallas“ tarkibida 6-oʻrinni egalladi[2]. Tesho Akindele professional debyutini 12-aprel kuni „Seattle Sounders“ klubiga qarshi oʻtkazdi[3]. 22-may kuni „Los Angeles Galaxy“ klubiga qarshi kechgan bahsda Tesho Akindele oʻzining birinchi professional golini raqib darvozasiga kiritdi[4]. 2014-yilgi mavsum yakunida 26 oʻyinda 7 ta gol urgan Tesho Akindele MLSda yilning eng yaxshi yangi futbolchisi deb topildi[5].

2018-yil 9-dekabrda Tesho Akindele „Orlando City“ klubigaa umumiy 150 000 AQSh dollari miqdoridagi sotildi[6]. 2019-yil 2-mart kuni mavsumning birinchi turida „New York City“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazib, raqib darvozasiga gol kiritdi[7].

Xalqaro faoliyati tahrir

2015-yil 12-iyun kuni Dominikaga qarshi JCh—2018 saralash bahsida Tesho Akindele Kanada terma jamoasi safida debyut qildi[8]. Oradan 5 kun o‘tib, javob o‘yinida Tesho Akindele terma jamoa safidagi ilk golini urdi[9].

2015-yilda Tesho Akindele CONCACAF Oltin kubogi uchun tarkibga kiritildi[10]. Turnirda Tesho Akindele Yamayka va Salvador bilan oʻyinlarda ishtirok etdi[11][12].

2021-yilgi CONCACAF oltin kubogi uchun 23 kishilik asl tarkibdan tashqarida qolganidan soʻng, Tesho Akindele jarohatlangan Ayo Akinola oʻrniga 23-iyul kuni chorak final oldidan terma jamoaga chaqirildi[13]. Tesho Akindele Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va Kanada 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi[14].

Kanada terma jamoasi safidagi gollari tahrir

Sana Manzil Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2015- yil 16- iyun Beamo Field, Toronto, Kanada Dominika 1 :0 4 :0 Jahon chempionati 2018 (saralash)
2. 2016-yil 3- iyun Rohrbach Stadium, Rohrbach an der Lafnitz, Avstriya Ozarbayjon 1 :0 1 :1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3. 2020-yil 7- yanvar Championship Soccer Stadium, Irvine, AQSH Barbados 2 :0 4 :1

Manbalar tahrir

  1. „Tesho Akindele“ (en). Colorado School of Mines. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
  2. Daniel Robertson. „Tesho Akindele lands with FC Dallas after whirlwind 2014 MLS SuperDraft first round“ (en). FC Dallas (2014-yil 16-yanvar). 2018-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
  3. „Даллас VS. Сиэтл Саундерс 2:3“ (en). soccerway.com (2014-yil 13-aprel). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  4. „Лос-Анджелес Гэлакси VS. Даллас 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 22-may). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  5. „FC Dallas forward Tesho Akindele gets MLS Rookie of Year honors“ (en). ESPN (2014-yil 24-noyabr). 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
  6. Nick Rosano. „Orlando City acquire forward Tesho Akindele via trade with FC Dallas“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 9-dekabr). 2018-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
  7. „Orlando City Rally from Two Goals Down for 2-2 Opening Day Draw“ (en). Orlando City SC (2019-yil 2-mart). 2020-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
  8. „Доминика VS. Канада 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 12-iyun). 2015-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  9. „Канада VS. Доминика 4:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 17-iyun). 2015-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  10. „Сальвадор VS. Канада 0:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 9-iyul). 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-avgust.
  11. „Ямайка VS. Канада 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 12-iyul). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-avgust.
  12. „Canada MNT set for CONCACAF Gold Cup action“ (en). Canada Soccer (2015-yil 23-iyun). 2019-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
  13. „Tesho Akindele added to Canada's Gold Cup roster“. Canada Soccer. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  14. „Costa Rica v Canada, 2021 Gold Cup“. CONCACAF Gold Cup. 2021-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.