Teskari teorema
Teskari teorema — berilgan teoremaning sharti xulosa, xulosasi esa shart boʻlgan teorema. Teskari teoremaga teskarisi toʻgʻri teorema deyiladi. Bundan kelib chiqadiki, toʻgʻri va teskari teoremalar oʻzaro teskari teoremalar deyiladi. Agar berilgan toʻgʻri teorema oʻrinli boʻlsa, Teskari teorema hamma vaqt ham oʻrinli boʻlishi shart emas. Masalam, toʻrtburchak romb boʻlsa, uning diagonallari oʻzaro perpendikulyar boʻladi (toʻgʻri teorema). Agar toʻrtburchakda diagonallar oʻzaro perpendikulyar boʻlsa, bu toʻrtburchak romb boʻladi deyish notoʻfi, yaʼni Teskari teorema notoʻgʻri. Oʻzaro Teskari teoremalar zaruriylik va yetarlilik shartlari bilan uzviy bogʻlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |