Tessin (Tessin) — otabola shved meʼmorlari. Shved klassitsizmi yetakchi namoyandalaridan. Nikodemus T. Katta (1615.7.12, Shtralzund — 1681.24. 5, Stokgolm) — flamandlik. 1639-yildan Shvetsiyada yashagan. 1649-yildan saroy meʼmori. Stokgolm yaqinidagi Drotingxolm saroyi (1662—70, shved klassitsizmi noyob yodgorliklaridan), Kalmardagi sobor (1660—80), Gyoteborgdagi Gustav Adolf maydoni ansambli ratushasi bilan (1669) va boshqa Ijodida italyan va fransuz barokkosiga suyangan. Nikodemus T. Kichik (1654.23.5, Nyuchyoping — 1728.10.4, Stokgolm) — Nikodemus T. Kattaning oʻgʻli. Otasidan saboq olgan. Ijodida oʻziga xoslik Rim barokko meʼmorligi va L. Bernini ijodi taʼsirida shakllangan. 17-asr palladiochilik uslubidan foydalangan: Stokgolmdagi podshoh saroyi (qurilishi 1680-yil boshlangan, 1697—1760). Podshoh maqbarasi (1671 — 1743, otasi va K.Xorleman bilan hamkorlikda, K.Xorleman nihoyasiga yetkazgan) va boshqa Stokgolm markazi rekonstruksiyasining loyihasini yaratgan (qisman amalga oshgan.)