Texnika xizmati koʻrsatish
Texnika xizmati koʻrsatish — texnik obyektlar (avtomobillar, texnologik agregatlar va boshqalar) dan foydalanish jarayonida amalga oshiriladigan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmui. Obʼyektlarning meʼyordagi samaradorlik bilan ishlashini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi. Barcha mavjud texnika vositalari Texnika xizmati koʻrsatish k.ni talab qiladi. Ishlab (yoki yurib) turgan texnika vositalari ham, sak,lab turilganlari ham, sak,lash yoki tashib keltirishdan keyin ishga tayyorlanadigan vositalar xam Texnika xizmati koʻrsatish k.ga muhtoj boʻladi. Murakkab texnika obyektlari (mashinalar, stanoklar va boshqalar) uchun yagonaT.x.k. meʼyorlari belgilab qoʻyiladi. Bular Texnika xizmati koʻrsatish k. tizimini hosil qiladi va texnik hujjatlarda oʻz aksini topadi. Texnika xizmati koʻrsatish k. tizimini shartli ravishda oldini olish (profilaktika) va tiklash (tuzatish, taʼmirlash) kabi turlarga ajratish mumkin. Texnika xizmati koʻrsatish k. ga doir tadbirlar maxsus jihozlangan ustaxonalar (Texnika xizmati koʻrsatish k. styalari) da ham, obyekt (agregat, stanok) oʻrnatilgan joyning oʻzida ham bajarilishi mumkin. Ikkala holda ham zarur qurol va asboblar, materiallar, nazoratoʻlchash asboblari, diagnostika apparatlari (qarang Texnik diagnostika), malakali mutaxassislar [chilangarlar, elektr ustalari, dvigatel tuzatuvchilar, payvandlovchilar, vulkanizatsiya kiluvchi (balon yamovchi)lar va boshqa] boʻlishi talab kilinadi. Texnika xizmati koʻrsatish k. toʻgʻri tashkil qilinsa, obyektdan foydalanish harajatlari kamayadi, uning texnik imkoniyatlari oshadi, xizmat muddati uzayadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |