Tezis (qadimgi yunoncha: θέσις, thesis — „qoida“, „isbot“) — I) keng maʼnoda — bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; tor maʼnoda — asosiy fikr, prinsip; 2) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza. Tezis - ilmiy maqola yoki konferensiyalar uchun taqdim qilinadigan ilmiy maruzaning qisqa asosiy mazmuni aks ettirilgan ilmiy ish turi bolib, uning hajmi annotatsiyadan kattaroq, biroq ilmiy maqoladan kichik boladi (taxminan 1 betdan 3-4 betgacha). Tezislar, odatda, nashr va konferensiya talablariga asosida bir necha tillarda beriladi. Uni ilmiy asarga beriladigan tanqidiy baho, tanqidiy talqin aks etgan taqriz bilan chalkashtirmaslik kerak. Biror bir kitobning yoki asarning qisqachasi ma'nosi desak ham bo'ladi!