Tezliklar qutisi - mexanizmlarda yetakchi valning ailanishlar soni (tezligi) oʻzgarmagani holda yetaklanuvchi valning ailanishlar sonini pogʻonali tarzda oʻzgartirib beradigan mexanizm. Ishi yetakchi val bilan yetaklanuvchi val orasidagi uzatish nisbatini shesternyalar (tishli gʻildiraklar) yordamida oʻzgartirishga asoslangan. Shuning uchun Tezliklar qutisi uzatmalar qutisi deb ham ataladi. Tezliklar qutisi alohida korpus (kugi) yoki boshqa mexanizmlar bilan bir umumiy korpusga joylashtirilgan tishli uzatmalardan iborat. Metall kesish stanoklarida, avtomobil va boshqa transport vositalarida ishlatiladi.