The Beatles: The Authorised Biography

Hunter Davies qalamiga mansub The Beatles guruhining rasmiy biografiyasi

„The Beatles: The Authorised Biography“ („The Beatles: Rasmiy biografiya“) — ingliz yozuvchisi va jurnalisti Hunter Davies qalamiga mansub The Beatles guruhi haqidagi kitob. Asar guruh maʼqulligi bilan yozilgan yagona biografiyadir. Ilk bor 1968-yil London shahrida „McGraw-Hill“ nashriyotida chop etilgan.

The Beatles: The Authorised Biography
Muallif(lar) Hunter Davies
Til inglizcha
Janr(lar)i biografiya
Nashriyot „McGraw-Hill“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1968

Davies 1965-yil „Here We Go Round the Mulberry Bush“ („Malina tuplarini aylanib oʻtamiz“) romanini yozgan. Asar asosida 1967-yil film suratga olingan. Davies Paul McCartney bilan film uchun qoʻshiq yozishni muhokama qilish uchun uchrashgan. Uchrashuv davomida Davies guruh biografiyasini yozishni taklif qilgan. McCartneyga bu fikr maʼqul kelgan, chunki oʻsha paytgacha guruh haqida notoʻgʻri maʼlumotlar yozilgan boʻlgan. McCartney Daviesga guruh menejeri Brian Epstein maʼqulligini olishni taklif qilgan.[1] Epstein ham bu taklifga rozi boʻlgan va natijada „The Beatles: The Authorised Biography“ asari yozilgan.

Kitobni yozish uchun Davies 1967–1968-yillarda guruh aʼzolari bilan 18 oy vaqt oʻtkazgan. Guruh maʼqullagan yagona biograf oʻlaroq Davies nafaqat guruh aʼzolari, balki ularning doʻstlari, oila aʼzolari hamda hamkasblari bilan uchrashgan. Davies guruh aʼzolari bilan aloqa qilishda davom etgan. „The Beatles: The Authorised Biography“ bir necha marta qayta nashr qilingan, qayta nashrlarga yangi maʼlumotlar kiritilgan. Asar bir necha tilga, jumladan, rus tiliga tarjima qilingan.

Manbalar tahrir

  1. Davies, Hunter. The Beatles, Football and Me. Headline Book Publishing, 28-iyun 2007-yil. ISBN 0755314034.