Qora oqqush: Sodir boʻlish ehtimoli kam boʻlgan voqeliklar taʼsiri

Qora oqqush: Sodir boʻlish ehtimoli kam boʻlgan voqeliklar taʼsiri („inglizcha: The Black Swan: The Impact of the Highly Improbable“) — 2007-yilda yozilgan, olim va sobiq opsion treyderi Nassim Nicholas Taleb qalamiga mansub kitob. Kitobda kamdan-kam uchraydigan va oldindan aytib boʻlmaydigan hodisalarning haddan tashqari oqibatlari, shuningdek, insonning ushbu hodisalar uchun soddalashtirilgan izohlarni retrospektiv ravishda topishga moyilligi haqida gap boradi. Taleb buni Qora oqqush nazariyasi deb taʼkidlaydi.

The Black Swan: The Impact of the Highly Improbable

Qattiq jildli ilk nashr
Muallif(lar) Nassim Nicholas Taleb
Til inglizcha
Nashriyot Random House (AQSh)
Allen Lane (Birlashgan Qirollik)
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 17-aprel 2007-yil
Sahifalar soni 400 (qattiq jild)
ISBN ISBN 978-1400063512
Keyingisi The Bed of Procrustes

Qora oqqush hodisalari bilan qanday kurashish mumkin tahrir

Taleb qalamiga mansub ushbu kitobning asosiy gʻoyasi — Qora oqqush hodisalarini bashorat qilishga urinish emas, balki salbiy hodisalarga chidamlilik va ijobiy hodisalardan foydalanish qobiliyatini shakllantirishdir. Talebning taʼkidlashicha, banklar va savdo firmalari „Qora oqqush“ hodisalariga qarshi himoyasiz boʻlib, ular oʻzlarining moliyaviy modellari tomonidan taxmin qilinganlaridan koʻra, ortiqcha yoʻqotishlarga duch kelmoqdalar.

Manbalar tahrir

  • Taleb, Nassim Nicholas (2007), The Black Swan: The Impact of the Highly Improbable, Random House, ISBN 978-1400063512

Havolalar tahrir