The Easybeats
The Easybeats Avstraliyaning rok guruhi boʻlib, 1964-yil oxirida Sidneyda tashkil topgan. Ular Avstraliyada The Beatles bilan raqobatlashadigan darajada muvaffaqiyat qozongan. Guruh 1966-yilgi faqatgina „Friday on My Mind“ (Hayolimda faqat Juma) nomli qoʻshigʻi bilan xalqaro xitga erishgan birinchi avstraliyalik rok ijrosi boʻlgan.
The Easybeats rok guruhi | |
---|---|
1966-yil. Chapdan soat yoʻnalishi boʻyicha: Dik Diamonde, Garri Vanda, Qorli flot, Jorj Yang va Stivi Rayt . | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Sidney, New South Wales, Avstralia |
Janrlar | rok musiqa, pop musiqa |
Faoliyat yillari | 1964-1969;1986 |
Leybllar | EMI, Parlophone, Albert |
Aʼzolar |
Dick Diamonde Harry Vanda Stevie Wright George Young Snowy Fleet (Tony Cahill) |
Hamkorligi | Vanda & Young, Flash and the Pan, AC/DC |
Olti yillik faoliyati davomida ular Avstraliyada 15 ta eng yaxshi 40 ta hitni qoʻlga kiritgan, jumladan „She is so fine“ (U juda yaxshi) va „Women (Make you feel alright)“ (Ayollar(Sizni yaxshi qiladi)), boshqa 1-raqamli hitlari, jumladan, „Friday on My Mind“ va „Sorry“ (Kechirasiz). Guruh 1969-yilda ajralishgan va 1986-yilda bitta gastrol uchun birlashgan. Xonanda Stivi Rayt 2015-yilda va ritm gitarachi Jorj Yang 2017-yilda vafot etgan.
Tarixi
tahrir1964–1965: shakllanishi
tahrirBarcha beshta asoschi guruh aʼzolari Yevropadan Avstraliyaga koʻchib kelgan oilalardan edi: bosh qo'shiqchi Stevi Rayt va barabanchi Gordon Fleet Ingliz boʻlgan;ritm gitarachisi Jorj Yang Shotlandiyada tugʻilgan; bosh gitarachi Garri Vanda va baschi Dik Diamonde Gollandiyadada tugʻilgan. Guruh Villavud migrantlar turar joyida tashkil topgan. Guruh aʼzolarining oilalari Avstraliyadagi birinchi yillarini 60-yillarning boshlarida va oʻrtalarida Villawood Migrantlar mexmonxonasida oʻtkazganlar.
Easybeats guruhining birinchi konsertlari 1964-yil oxirida Darlinghurst, Sidneyda Teylor maydonidagi Courthouse mehmonxonasi podvalida joylashgan Beatle Village (Beatle qishlogʻi) nomli musiqa manzilida boʻlib oʻtadi. Easybeats tezda shahardagi eng mashhur guruhlardan biriga aylangan. Koʻchmas mulk agenti va pop musiqasi bilan shugʻullanuvchi tadbirkor Mayk Vogan ularning menejeri boʻladi. Uning saʼy-harakatlari bilan ular Avstraliyaning birinchi mustaqil ovoz yozish kompaniyalaridan biri boʻlgan Albert Productions bilan shartnoma tuzgan. Guruh Albert Productions bosh kompaniyasi va J. Albert va Songa tegishli boʻlgan 2UW teatrida [1] bir qator qoʻshiqlarni yozib oladi. Ular birinchi ijro sifatida „For my Woman“ (Mening ayolim uchun) nomli qoʻshigʻini tanlagan. Bu qoʻshiq Sidney radiosi tomonidan qabul qilinadi va kichik xitga aylanib musiqa chartlarida 33-oʻringa yetgan[2].
Xalqaro muvaffaqiyat
tahrirLondonga kelganidan soʻng, guruh Ted Albert bilan Abbey Road Studiosda bir qancha qoʻshiqlarni yozadi, ammo ular United Artists Records (Birlashgan artistlar rekordlari) tomonidan yaroqsiz deb topilgan va Albert prodyuserlik lavozimidan chetlashtiriladi. Keyin guruh the Who va The Kinks kabi prodyuserlik ijodlari bilan katta muvaffaqiyatlarga erishgan mustaqil prodyuser Shel Talmy bilan birlashadi. Guruh 1966-yili sentyabr oyida Londondagi IBC Studiosda yangi prodyuseri Shel Talmy bilan Friday on my mind qoʻshigʻini yozib oladi va bu qoʻshiq 1966-yil 14-oktabrda Buyuk Britaniyada chiqarilgan. U Buyuk Britaniyada musiqa jadvallarida 6-oʻrinni egalladi va bu guruhning birinchi yirik xalqaro hiti boʻldi. Qoʻshiq koʻplab mamlakatlarda jumladan; Avstraliyada 1-oʻrin, Kanadada 13-oʻrin, AQShda 16-oʻrin va Germaniya, Gollandiya va Fransiyada eng yaxshi 10-oʻrinni egallagan va butun dunyo boʻylab bir milliondan ortiq nusxada sotilgan va bu ijro oltin disk bilan taqdirlangan[3].
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ https://trove.nla.gov.au/newspaper/article/222868550
- ↑ Kent, David. Australian Chart Book 1940 - 1969, 2005. ISBN 0-646-44439-5.
- ↑ Murrells, Joseph. The Book of Golden Discs, 2nd, London: Barrie and Jenkins Ltd, 1978 — 204–205-bet. ISBN 0-214-20512-6.