The Essential Drucker

menejment boʻyicha Peter Drucker qalamiga mansub kitob

„The Essential Drucker“ („Druckerning asosiy gʻoyalari“), toʻliq nomi „The Essential Drucker: Selections from the Management Works of Peter F. Drucker“ („Druckerning asosiy gʻoyalari: Peter F. Druckerning menejment boʻyicha asarlaridan saylanma“) — menejment gurusi Peter Drucker qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2001-yil New York shahrida „HarperCollins Publishers“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan, dunyoning bir necha tiliga tarjima qilingan.

The Essential Drucker: Selections from the Management Works of Peter F. Drucker
Muallif(lar) Peter Drucker
Til inglizcha
Janr(lar)i menejment
Nashriyot „HarperCollins Publishers“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2001
Sahifalar soni 358

Asarda muallifning menejment prinsiplari tashkilotlar, shaxslar hamda jamiyat faoliyatiga qanday taʼsir oʻtkazishi haqidagi asarlarining asosiy qismlari berilgan. Kitob 26 boʻlimdan iborat boʻlib, menejment sohasining asosiy prinsiplari, muammolari, qiyinchiliklari va imkoniyatlariga bagʻishlangan.

Havolalar

tahrir