The Giant Who Had No Heart in His Body

The Giant Who Had No Heart in His Body - Asbjørnsen and Moe tomonidan yaratilgan ertak.

George MacDonald bu ertakni Adela Katkart kitobiga "The Giant's Heart" nomi bilan kiritgan. Ertakning yana bir versiyasini Ruth Manning-Sanders yozgan A Book of Giants kitobida ham ko'rish mumkin.

Sinopsis

tahrir

Bir podshohning yetti o‘g‘li bo‘lib, qolgan oltitasi kelin izlash uchun safarga ketganlarida, barcha o'g'illaridan ayrilishni istamagan qirol eng kichik o'g'lini o‘zi bilan birga qoldirdi. Akalari kichik ukalariga ham qayliq olib kelishlarini aytishadi, ammo olti qizi bor boshqa bir podshoh bilan ko'rishgach, qizlarga maftun bo'lib, bu haqida unutib qo'yishadi. Ammo, ortga qaytishda ular bir devning qasriga juda yaqin borib qolishadi. G'azabga tushgan dev shahzodalar va malikalarning hammasini toshbo'ron qiladi.

Ular qaytib kelmaganidan so'ng, podshoh kenja o'g'li akalarining ortidan borishiga to'sqinlik qilmoqchi bo'ladi. Lekin, shahzoda baribir yo'lga chiqadi. Yo'lda u och qarg'aga ovqat beradi, baliqqa daryoga qaytishiga yordam beradi va och bo'rining qornini to'ydirish uchun o'z otini unga beradi. Bo'ri ot o'rniga o'zining ustiga minishga ruxsat beradi va unga devning qasrini ko'rsatadi. Shahzoda devning g'azabidan qo'rqib, kirishni istamaydi, lekin bo'ri shahzodani qal'aga kirishga ko'ndiradi, chunki u yerda u dev bilan emas, balki asirda ushlab turilgan malika bilan uchrashishi mumkin edi.

Malika juda chiroyli edi va shahzoda devni o'ldirish hamda malika bilan birga o'z oilasini ham ozod qilish yo'lini qidira boshlaydi. Malika buning iloji yo'qligini, dev yuragini tanasida saqlamaganligi sababli, uni o'ldirish imkonsizligini aytadi. Dev kelgach, malika shahzodani yashiradi va devdan yuragini qayerda saqlashi haqida so'raydi. U malikaga yuragi eshik tokchasi ostida ekanligini aytadi. Ertasi kuni shahzoda va malika u yerni qazib, hech qanday yurakni topolmaydi. Malika eshik tokchasiga gullar sepadi va dev qaytib kelganida, uning yuragidan gullar o'sib chiqqanini aytadi. Dev yuragi bu yerda emasligini tan olib, uni shkafga yashirganligini aytadi. Malika va shahzoda yurakni yana izlashadi, ammo natija bo‘lmaydi; malika yana bir bor shkafga gullarni sochib, devga uning yuragidan gul unib chiqayotganligini aytadi. Shunda dev unga uzoq ko'lda bir orol, uning ustida cherkov, cherkov ichida o'rdak suzib yurgan quduq bor deydi; o'rdakning uyasida tuxum va u tuxum ichida devning yuragi bor edi.

Shahzoda ko‘lga otlanadi, bo‘ri esa orol tomon ketadi. Shahzoda o'zi ochlikdan qutqargan qarg'ani chaqiradi va qarg'a unga cherkov kalitlarini olib keldi. Ichkariga kirgach, shahzoda o'rdakni topadi, u tuxumni quduqqa tushirib yuboradi. Shahzoda tuxumni olish uchun baliqni yordamga chaqiradi. Bo'ri unga tuxumni siqishni aytdi. Shu payt dev baqirib yuboradi. Bo'ri unga yana siqib qo'yishni aytadi va dev agar shahzoda uning jonini saqlab qolsa, u istagan narsani bajarishini va'da qiladi. Shahzoda unga akalari va malikalarni ozod qilishni buyuradi. Dev uning talabini bajaradi. Keyin shahzoda tuxumni sindirib, malikani o'zi bilan birga olib ketadi. Unga akalari va ularning qayliqlari hamroh bo'lishadi, bunda podshoh ham xursand bo'ladi.

Turli versiyalar

tahrir

Ertakning qo'polroq versiyada, yigit yurakni ikkiga bo'lib, uni bo'ri bilan birga yeb qo'yadi. Devning boshini esa, esdalik sifatida saqlab qo'yadi.

Tarjimalar

tahrir

Ertak "Cinder-Lad and his Six Brothers" deb tarjima qilingan va "Fairy stories my children love best of all" nomli ertaklar to'plamiga kiritilgan[1].

Moslashuvlar

tahrir

Ertakning vengercha varianti A kõszivü ember ("Tosh yurakli odam") nomli Vengriya teleserialining "Magyar népmesék" ("Vengriya xalq ertaklari") epizodiga moslashtirilgan. Ushbu versiyada uchta aka-uka uydan jo'nab ketib, boshqa bir uyga kelishadi, u yerda bir chol ularga tunab qolishga ruxsat beradi. Ertasi kuni ular ketayotganlarida, chol ularga kelin topishni maslahat beradi. Aka-ukalar qirollikka boradilar va uchta malikaga uylanadilar. Qaytishda ular yana cholning uyi yonidan o‘tishadi. U shahzoda va malikalardan beshtasini toshga aylantiradi va eng kichik malikaga uylanadi. U malikaga yuragi uzoqda, tog' ichidagi qush ichida joylashganligi haqidagi sirni ochib qo'yadi. Yillar o'tib, aka-ukalarning onasi yana bir o'g'ilni dunyoga keltiradi va bu bolakay ulg'aygach, akalarining qayerdaligini bilish uchun uydan chiqib ketadi. Yo'lda u ovqatini qo'chqor va kaptar bilan baham ko'radi, buning evaziga ular bolaga zarurat paydo bo'lganida yordamga chaqirishi uchun yung va patlaridan berishadi.

"The Storyteller"

tahrir

Ertak Jon Hurt tomonidan Jim Hensonning Storytellerfilmidagi epizodi uchun qayta hikoya qilingan. Bunda ertak yanada achinarli tus oladi. Shahzoda tog'da devning joni yashirilgan tuxumni topib, akalarini qutqarganidan so'ng, dev unga boshqa yovuzlik qilmaslikka so'z beradi va shahzoda bilan do'stlashadi. Shahzoda akalaridan tuxumni sindirmaslikni iltimos qiladi. Ammo, ular yurakni sindiradilar. Dev halok bo'lgan joyda esa, ulkan sharshara paydo bo'ladi.

Qo'shilgan hissa

tahrir

Ertak turkumi juda mashhur bo'lib, Yevropa, Osiyo, Amerika va Shimoliy Afrikada uning asosida 250 ta ertak[2] yozib olingan[3].

Ilmiy tadqiqotlar "tashqi ruh" (yoki hayot, o'lim, yurak) motivining juda qadimiyligini va keng tarqalganligini e'tirof etadi. Misol uchun, folklorshunos Jeyms George Frazer o'zining The Golden Bough kitobida Evroosiyo va Shimoliy Afrikada topilgan bir nechta ertaklarni sanab o'tadi va taqqoslaydi, ularda ertakning yovuz qahramoni (maxluqlar, jodugarlar va devlar) kimdir ularni o'ldira olmasligi uchun o'z ruhini tanasidan chiqarib, boshqa bir hayvon ichiga yashiradi yoki qutida (tobutda) saqlaydi[4].

Boshqa ertak turlari bilan uyg'unlashuvi

tahrir

Ertakning kirish qismi ko'pincha boshqa ertaklarnikiga o'xshab ketadi. : ATU 552, "The Girls Who Married Animals "; ATU 400, "The Quest for the Lost Wife"; ATU 303A, "Seven Sisters as Wives for Seven Brothers" yoki ATU 554, "The Grateful Animals" shular jumlasidandir.

Folklorchi Joseph Haltrich tomonidan to'plangan ertak bu kombinatsiyaning bir misolidir. Von den zwölf Brüdern, die zwölf Schwestern zu Frauen suchen ("O‘n ikki opa-singilga uylangan o‘n ikki aka-uka haqida") deb nomlangan bu ertakda o‘n bir aka-uka o‘zlariga ish va qayliq izlash uchun jo‘nab ketishadi, kenja uka esa, otasi bilan qoladi..Ular bir cholning kulbasiga yetib kelishadi, ammo uning uyida ishlashdan bosh tortishadi. Ular keksa jodugarning uyiga yetib borgunlaricha yo'lda davom etadilar. Bu orada kenja uka ham safarga chiqadi. Safar davomida u sher, burgut va baliqning hayotini saqlab qoladi. Ular ham o'z navbatida yigitga kelajakda yordam berishga va'da berishadi. Cholning uyiga borgan yigit bir yil davomida uning huzurida ishlaydi; ish haqini olish vaqti kelganida, chol unga jodugar tahdidi haqida xabar beradi. Yigit jodugar bilan uchrashib, uni otib tashlamoqchi bo'ladi, lekin u har qanday hujumdan omon qolaveradi. Keyin esa, jodugarning joni uzoq tog'da orasidagi ko'l atrofida yashovni o'rdak tuxumi ichida ekanligi ma'lum bo'ladi[5].

Boshqa ijodiy ishlar

tahrir

"Paper Mario" video o'yinida Mario yovuz odam Tubba Blubba bilan jang qilishi kerakligi aytiladi. Yengilmas bo'lish uchun yovuz yuragini tanasidan chiqarib tashlagan, ammo bu uning baxtsiz bo'lib qolishiga olib kelgan. Mario avval yurak bilan jang qiladi, yurak Tubba Blubbaning tanasiga qaytarilgach, u yana himoyasiz bo'lib qoladi.

Baldur's Gate II: Throne of Bhaal ham yuragi topilib, yo'q qilinmaguncha mag'lub bo'lmaydigan yovuz dev haqidagi hikoyani o'z ichiga oladi.

Havolalar

tahrir
  1. Shimer, Edgar Dubs. Fairy stories my children love best of all. New York: L. A. Noble. 1920. pp. 110-116.
  2. Donà, Carlo. "Les «Cantari» et la tradition écrite du conte populaire". In: Cahiers de recherches médiévales et humanistes, 20, 2010. pp. 225-243 (§36). online dal 30 décembre 2013, consultato il 17 février 2021. URL: http://journals.openedition.org/crm/12229 (Wayback Machine saytida 2022-03-13 sanasida arxivlangan); DOI: https://doi.org/10.4000/crm.12229
  3. Wijbrans, Coretta. "De reus zonder hart". In: Van Aladdin tot Zwaan kleef aan. Lexicon van sprookjes: ontstaan, ontwikkeling, variaties. 1ste druk. Ton Dekker & Jurjen van der Kooi & Theo Meder. Kritak: Sun. 1997. p. 305.
  4. Frazer, James George, Sir. The Golden Bough: a Study In Comparative Religion. Vol. II. London: Macmillan, 1890. pp. 296-326.
  5. Haltrich, Josef. Deutsche Volksmärchen aus dem Sachsenlande in Siebenbürgen. Wien: Verlag von Carl Graeser. 1882. pp. 33-34.