The Giver — amerikalik yozuvchi Lois Lowry tomonidan yozilgan ilmiy fantastik va antiutopiyan roman. Asarda, dastlab utopiyan deb tasvirlangan jamiyat aslida teskarisi, yaʼni antiutopiyan boʻlib chiqadi. Asosiy qahramon 12 yashar Jonas ismli bola boʻladi.

The Giver
Asl nomi The Giver
Muallif(lar) Lois Lowry
Muqova artist(lar)i Cliff Nielsen
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Qismlar The Giver Quartet
Janr(lar)i roman antiutopiya, ilmiy fantastika
Nashr etilgan sanasi 1939-yil
Nashriyot Houghton Mifflin
Sahifalar soni 180 bet

Tavsif

tahrir

Jamiyatda barcha insonlar bir xil hayot tarziga ega boʻlishadi. Shuningdek, har bir oila ham chiqarilgan qonun-qoidalar asosida hayot kechiradi. Masalan, har bir oilada faqatgina 2 nafar farzand(bir qiz va bir bola) boʻlishi mumkin; har kechki ovqatdan soʻng oila aʼzolari stul atrofida yigʻilib kun davomida boʻlib oʻtgan arzigulik voqealar va oʻsha onda qilgan hislarini ulashadilar; balogʻat yoshiga yetganda bolalar oilani tark etishadi va qaytib oila aʼzolari bilan uchrashmaydi, oʻz shaxsiy hayotlari bilan band boʻlishadi[1].

Bolalar hayoti

tahrir

Har bir bola tildan togʻri foydalana olishi shart. Qiz bola va oʻgʻil bola oʻrtasida faqatgina doʻstlik rishtasi boʻlishi mumkin. Bolalar doimo darsga oʻz vaqtida kelishlari shart. Agar kimdir kech qolsa, butun sinfdan va oʻqituvchisidan uzr soʻrashi kerak. Bolalarning maktab va undan tashqaridagi qiziqishlariga qarab keyinchalik Kattalar qoʻmitasi(The Committe of Elders) „12 yoshlilar marosimi“(the Ceremony of Twelve)da ularga kasb tanlab berishadi[1].

Kattalar hayoti

tahrir

Har bir balogʻatga yetgan inson agar oila qurmoqchi boʻlsa Kattalar qoʻmitasi(The Committe of Elders)ga murojaat qilishi shart. Chunki ularga juftni qoʻmita tanlab beradi, xuddi kasblarini tanlab bergani kabi. Juftlar oʻzaro turli ishqiy munosabatda boʻlishi mumkin emas. Hattoki, turmush qurgandan keyin ham bola uchun Kattalar qoʻmitasi(The Committe of Elders)ga ariza yozishlari kerak boʻladi. Har bir bola(2 ta)ni balogʻatga yetgunicha tarbiyalashadi va undan keyin alohida yashovchi odamlar safiga qoʻshilishadi. Yaʼni ota-onalar yakka yashay boshlaydilar[1].

Kelib chiqishi

tahrir

Lois Lowry The Giver kitobini oʻz otasi bilan boʻlgan voqea sabab ilhomlanib yaratilganini aytadi. Yaʼni otasi qarigan chogʻida Lowryning opasini uzoq vaqt oldin oʻlganini unutib qoʻyaveradi[2].

Qahramonlari

tahrir
  1. Jonas — asarning bosh qahramoni. U 12 yoshida „Receiver of Memory“(xotiralarni qabul qiluvchi) maqomiga ega boʻladi. U xotiralarni Giver(xotira beruvchi)dan qabul qilib olgani sari oʻz jamiyatining cheklangan tabiatini soʻroqlay boshlaydi.
  2. The Giver — oʻtmish xotiralarini oʻzida saqlovchi qari odam. Uning vazifasi oʻsha xotiralarni Jonasga oʻtkazish hamda unga jamiyat haqidagi yashiringan haqiqatni tushunishida yordam berish.
  3. Fiona — Jonasning eng yaqin doʻstlaridan biri boʻlib, asar davomida uning muhabbattiga aylanadi. U „Qariyalar Uyi“(The House of the Old)da ishlaydigan gʻamxor va rahmdil qiz.
  4. Asher — Jonasning eng yaqin doʻsti. U quvnoq bola. Ammo doimo tilni toʻgʻri ishlata olmaslik tufayli muammoga yoʻliqib yuradi.
  5. Ota(Father) — Jonasning otasi. Asar davomida uning ismi tilga olinmaydi va shunchaki „Ota“(Father) deb murojaat qilinadi. U jamiyatida tarbiyachi(Nurturer) hisoblanib, yangi tugʻilgan chaqaloqlarga gʻamxoʻrlik qilish uchun mas’uldir.
  6. Ona(Mother) — Jonasning onasi. Asar davomida uning ismi tilga olinmaydi va shunchaki „Ona“(Mother) deb murojaat qilinadi. U „Adliya vazirligi“(Department of Justice)da ishlaydi. Uning roli jamiyat qoidalarini buzganlarga jazo berishni oʻz ichiga oladi.
  7. Lily — Jonasning singlisi. U qiziquvchan qiz sifatida tasvirlangan.
  8. Gabriel — yangi tugʻilgan chaqaloq. U dastlab yashab ketishda qiynaladi va jamiyatdan yoʻqotilish xavfi ostida qoladi. Shuning uchun Jonasning otasi uni qoʻshimcha yordam uchun uyiga olib keladi.

Epizodik qahramonlar

tahrir
  1. Katta boshlovchi(The Chief Elder) — jamiyatning yetakchisi va muhim qarorlar chiqarishga mas’ul ayol. U „12 yoshlilar marosimi“(the Ceremony of Twelve) kabi muhim marosimlarda raislik vazifasini bajaradi.
  2. Kattalar qoʻmitasi(The Committe of Elders) — jamiyatdagi tartibni taʼminlovchi va muhim qarorlarni chiqarishga mas’ul boʻlgan yetakchi odamlar guruhi. Ular fuqarolarning hayotlarini boshqarishda va shakllantirishda muhim rol oʻynaydilar.
  3. Rosemary — Jonasdan oldin „Receiver of Memory“ maqomi uchun tanlangan nomzod. Ammo u xotiralarning yukiga chiday olmaydi va natijada, oʻz xohishi bilan jamiyatdan yoʻqotilishni soʻraydi. Bu holat esa uning oʻlimi bilan yakunlanadi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Lois Lowry. The Giver. Boston: Houghton Mifflin Company, 2018. 
  2. „Lois Lowry“ (ingliz tili) (23-aprel, 2022). Qaraldi: 1-avgust 2023-yil.