The Great Preposition Mystery

Lin Lougheed qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob

The Great Preposition Mystery“, toʻliq nomi „The Great Preposition Mystery: Grammar Review for Intermediate/Advanced Students of EFL“ (tarjimasi „Buyuk predlog jumbogʻi: Ingliz tilini oʻrta/yetuk darajada oʻzlashtirgan talabalar uchun grammatika obzori“) — Lin Lougheed qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha qoʻllanma. Ilk bor 1981-yil Vashington shahrida AQSH Maʼlumot agentligi (inglizcha: United States Information Agency) tomonidan chop etilgan. Qoʻllanmada ingliz tili predloglari koʻrib chiqilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan boʻlib, ingliz tilini oʻrta hamda yetuk darajada oʻzlashtirgan shaxslar uchun moʻljallangan.

The Great Preposition Mystery
Muallif(lar) Lin Lougheed
Til inglizcha
Janr(lar)i qoʻllanma
Nashr etilgan sanasi 1981
Nashriyot AQSH Maʼlumot agentligi
Sahifalar soni 79

„The Great Preposition Mystery“ nomiga ingliz tilida predloglarni qoʻllash qoidalari murakkabligini turtki boʻlgan[1]. Muallif predloglarni vazifasiga koʻra turlarga ajratgan[2]. Kitobni Shelley Vance Laflin tahrir qilgan. Asar hikoya tarzida yozilgan va 11 boʻlimga boʻlingan. Har bir boʻlimda ingliz tili predloglari boʻyicha mashqlar keltirilgan. 1988-yilgi nashri Shelley Vance Laflin tomonidan toʻldirilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Borozdina, Irina S. (30-aprel 2018-yil). „Experimental Research of Prepositional Semantics and Prototypical Spatial Scenes“. The European Proceedings of Social & Behavioural Sciences (inglizcha). 400–406-bet. doi:10.15405/epsbs.2018.04.02.57.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Keservuran, Hacer Aynur „The introduction of prepositions in elementary level EFL textbooks“ (inglizcha). Bilkent Üniversitesi. Qaraldi: 30-dekabr 2024-yil.