The Next Great Globalization

Frederic S. Mishkin yozgan iqtisod boʻyicha kitob

„The Next Great Globalization“ (tarjimasi „Navbatdagi buyuk globallashuv“), toʻliq nomi „The Next Great Globalization: How Disadvantaged Nations Can Harness Their Financial Systems to Get Rich“ (tarjimasi „Navbatdagi buyuk globallashuv: Yoʻqsil mamlakatlar boyish uchun oʻz moliyaviy tuzumlaridan qanday foydalanishlari mumkin“) — amerikalik iqtisodchi Frederic S. Mishkin yozgan iqtisodiy rivojlanish boʻyicha kitob. Ilk bor 2006-yil Prinston shahrida Prinston universiteti nashriyotida chop etilgan. 2008-yil qayta nashr qilingan.

The Next Great Globalization: How Disadvantaged Nations Can Harness Their Financial Systems to Get Rich
Muallif(lar) Frederic S. Mishkin
Til inglizcha
Nashr etilgan sanasi 2006
Nashriyot Prinston universiteti nashriyoti
Sahifalar soni 310
ISBN ISBN 978-0-691-12154-3

Asarda globallashuvning ijobiy jihatlari hamda rivojlanmagan davlatlar boyish uchun xalqaro moliyaviy tizimdan qanday foydalanishi mumkinligi haqida soʻz yuritiladi[1]. Xususan, kitobda xorijiy kapital hamda moliyaviy liberalizatsiyaning yaxshi tomonlari koʻrib chiqilgan. Asarda yozilishicha, samarali boshqarilgan moliyaviy globallashuv 19- hamda 20-asrlarda savdo va maʼlumot globallashuvi keltirib chiqargan ijobiy oʻzgarishlarga mutanosib rivojlanishga turtki boʻlishi mumkin. Umuman olganda, „The Next Great Globalization“ taqrizchilar tomonidan yaxshi baholandi, ammo unda Xalqaro valyuta fondi kabi tashkilotlar oshiqcha ijobiy tasvirlangani tanqid qilindi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Sánchez-Fung, José R. (sentabr 2007-yil). „Frederic S. Mishkin, The Next Great Globalisation: How Disadvantaged Nations can Harness Their Financial Systems to Get Rich: Princeton University Press, 2006, x + 310 pp, US$27.95, ISBN 13: 978-0-691-12154-3, ISBN 10: 0-691-12154-0“. Economic Change and Restructuring (inglizcha). 40-jild, № 3. 305–307-bet. doi:10.1007/s10644-007-9032-2.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Grennes, Thomas (fevral 2009-yil). „The Next Great Globalization: How Disadvantaged Nations Can Harness Their Financial Systems to Get Rich by Mishkin, Frederic S.“. American Journal of Agricultural Economics (inglizcha). 91-jild, № 1. 290–291-bet. doi:10.1111/j.1467-8276.2008.01247_1.x.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()

Havolalar

tahrir