Thomas Edward "Thom" Yorke (talaffuzi: Tomas Eduard York; 7-oktabr, 1968, Angliya) — Radiohead rok-guruhining solisti. U gitara va pianino va yana bir qancha musiqiy asboblarni chala oladi. Hozirda Oksfordda Reychel Ouen va ikki ta bolasi - Noa (2001) va Agnes (2004) bilan yashaydi.

Thom Yorke
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Thomas Edward Yorke
7-oktyabr 1968-yil (1968-10-07) (56 yosh)
Janrlar Alternativ rok, elektron musiqa
Faoliyat yillari 1985-bugun
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Turmush oʻrtogʻi Dajana Roncione
Veb-sayt http://www.radiohead.com/
Thom Yorke

Biografiyasi

tahrir

Radioheadgacha

tahrir

Thomas Edward Yorke 1968-yil 7-oktabrda Vellingtonda dunyoga keladi. Chap koʻzida nuqson bilan tugʻilgan Tom York hayotining ilk 5 yilini jarroxxonalarda oʻtkazdi. Sinfdoshlari uni „Salamandr“ laqabi bilan chaqirishardi va ustidan kulishar edi. Queenning gitarachisi Brian Mayni televizorda koʻrib, unga havas qilib musiqachi boʻlishga qaror beradi. Birinchi gitarasini 7 yoshligida oldi. 10 yoshida maktabidagi bir guruhga qoʻshildi. 10 yoshida birinchi ashula yaratdi, nomi „Qoʻziqorin buluti“, unda yadro portlashining natijalari haqida gap ketadi. Keyinchalik York Exeter Universitetiga oʻqishga kirdi va bir ruhiy kasalliklar shifoxonasida sanitar boʻlib ishladi. Buning taʼsirini „Climbing up the walls“ („Devorlarga chiqmoqda“) ashulasida yaqqol koʻrish mumkin.

Radiohead

tahrir

Radiohead guruhi juda muvaffaqiyatli faoliyat olib borishdi va dunyoning eng yaxshi rok guruhlari safiga kirdi. Yorke oʻz qoʻshiqlarida tehnologiya, sevgi va kasalliklarni kuylaydi. Thom va R.E.M. guruhining vokali Micheal Stipe yaqin doʻstlardir. Ikki guruh har doim bir birlarining konsertlarida sahna oladilar va ikkisi ham bir birining ashaddiy muhlisidir. Thomning gaplariga koʻra, Micheal unga koʻpincha ilhom berib turar edi. Ok Computer va Kid A albomlarining orasida Thom depressiyaga kiradi va Micheal uni depressiyadan qutqaradi. Nafaqat Thom balki Radioheadning butun aʼzolari Elvis Castello, R.E.M, Queen, Clinic, PJ Harvey, Bjork va Talking Heads guruhlarining ijodidan qattiq taʼsirlangan edilar. Radiohead bilan ishlari qanchalik koʻp boʻlsada, Yorke boshqa sanʼatkorlar bilan ham ishlashga vaqt topadi.U Bjork, PJ Harvey, James Lavella, Beck va DJ Shadow kabi sanʼatchilar bilan birga ishladi.

Solo Diskografiya

tahrir

Havolalar

tahrir