Thomson effekti
Thomson effekti — termoelektr hodisalaraan biri; Tokli oʻtkazgich boʻylab temperatura grandiyenti mavjud boʻlganda, issiqlik zanjirida Joule–Lenz qonuniga asosan ajralayotgan issiqlikdan tashqari, yana maʼlum miqdorda issiqlikning ajralish yoki yutilish hodisasi (tok yoʻnalishiga qarab). Tok kuchining kvadratiga proporsional boʻlgan Joule–Lenz issiqligi va Thomson issiqligining hosil boʻlishi bir-biridan tubdan farq qiladi. temperatura gradiyenti mavjud boʻlgan oʻtkazgichdagi elektronlar sovuq oʻtkazgichga oʻtganda, kinetik energiyalarini atomlarga beradi va panjara atomlari harakatga kelib, issiqlik (Thomson issiqligi) ajraladi. Tok yoʻnalishi oʻzgarganda, sovuq oʻtkazgichdagi elektronlar temperaturasi yuqori boʻlgan oʻtkazgich atomlarining energiyasi hisobida energiyalarini oshiradi, yaʼni issiklik yutiladi. 1856-yilda William Thomson nazariy jihatdan kashf etgan.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |