Tibet milliy madhiyasi
Tibetning davlat madhiyasi (klassik tibet: བོད་རྒྱལ་ཁབ་ཆེན་པོའི་རྒྱལ་གླུ) — Markaziy Tibet madhiyasi va vatanparvarlik qoʻshigʻi hisoblanadi[1].
Tibet milliy madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Trijang Rinpoche |
---|---|
Qabul qilindi | 1950-yil |
Tarix
tahrirMadhiya 1951-yilda Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan Tibetni qoʻshib olishdan oldin yaratilgan. Yana bir taxminga koʻra 1960-yilda Dalay Lama XIV Hindistonga surgunga ketishida birinchi marta qoʻllangan, ammo ushbu manba oʻz tasdigʻini topmagan. Davlat madhiyasi haqidagi eng dastlabki hisobot 1949-yildaqayd etilgan. U Tibet xalqi oʻrtasida vatanparvarlikni kuchaytirish maqsadida oʻtkazilgan islohotlar doirasida joriy etilgan.
„Qurtulush yoʻlida“ singari bu madhiyani ijro etish Xitoy Xalq Respublikasida, xususan, Tibet muxtor rayonida qatʼiyan man etilgan.
Tashi Tseringning soʻzlariga koʻra, Tibetning birinchi milliy madhiyasi, tibetlik olim tomonidan 7-Dalay Lama davrida va 1745—1746-yillar oraligʻida Folanalar hukmronligi davrida yozilgan.
Matn
tahrirTaxminan 1950-yilda Dalay Lama XIVning oʻqituvchisi Trijang Rinpoche tomonidan yozilgan qoʻshiq matni Gautama Buddasi haqida.
Bu kuy juda qadimgi Tibet muqaddas musiqasiga asoslangan va uning baʼzi elementlari boshqa Tibet qoʻshiqlarida ham uchraydi, masalan, 1959-yilgi Tibet qoʻzgʻoloni qoʻshigʻi Mimang Langluning kuyi ham madhiya kuyiga oʻxshash. Madhiya Tibetda taʼqiqlangan boʻlsa-da, qabul qilingandan beri surgundagi tibetliklar tomonidan ijro etiladi[2].
Hozirgi matn
tahrirTibet tilida | Pinyin alifbosida | IPA transkripsiyasi | Inglizcha tarjima |
---|---|---|---|
སྲིད་ཞིའི་ཕན་བདེའི་འདོད་རྒུ་འབྱུང་བའི་གཏེར། |
Sixii pändei dögu jungwai der, |
[siʔ˥.ʑiː˩ pʰɛ̃˥.deː˩ ⁿdøʔ˩.ɡu˩ ᶮd͡ʑuŋ˩.wɛː˩ teɾ˥ ǀ] |
The source of temporal and spiritual wealth of joy and boundless benefits |
Haqiqiy matn
tahrirBirinchi Tibet madhiyasi 18-asrda yaratilgan. Taniqli tibet olimi Tashi Tseringning soʻzlariga koʻra, uni Pholanas taxminan 1745-yilda, 7-Dalay Lama davrida bastalagan. Ser Charlz Bell buni Tibetning „milliy madhiyasi“ deb taʼriflagan[3].
Tibet tilida | Tibet-Lotin alifbosida | Inglizcha tarjima |
---|---|---|
གངས་རིས་སྐོར་བའི་ཞིང་ཁམས་འདི། |
Ghang ri ra kor we shingkham di |
Circled by ramparts of snow-mountains, |
Manbalar
tahrir- ↑ „Oops: China State Media Website Plays Banned Tibetan National Anthem“. VOA (2013-yil 6-noyabr).
- ↑ Tibet — nationalanthems.info
- ↑ Freedom Wind, Freedom Song (Wayback Machine saytida 2011-06-10 sanasida arxivlangan) About the origins of Tibet anthems, by Jamyang Norbu.
Havolalar
tahrir- The Central Tibetan Administration has a page about "Gyallu" that includes audio instrumental and vocal versions.
- Tibetan National Anthem by Kelsang Chuki Tenthong (YouTube)