Tigra, haqiqiy ismi Grir Grant Nelson (inglizcha: Greer Grant Nelson) — Marvel Comics tomonidan nashr etilgan Amerika komikslaridagi oʻylab topilgan qahramon. Dastlab The Claws of the Cat #1da (1972-yil noyabr) Mushuk laqabli (inglizcha: Cat), yuqori texnologiyali gadjetlarga tayanadigan yaqin masofadagi jangchi sifatida taqdim etilgan[1]. Uni ssenarist Roy Tomas va rassom Uolli Vud (Mari Severin hissasi bilan) yaratgan va Linda Fayt qahramonning dastlabki sarguzashtlarini tasvirlab bergan[2]. Giant-Size Creatures (1974-yil iyul) asarida Grir Nelson ssenarist Toni Izabella va rassom Don Perlin tomonidan yoʻlbars ayolga aylandi[3][4].

Comics Buyer’s Guide jurnali Yoʻlbars ayolni „Komikslardagi 100 ta eng seksual ayol“ roʻyxatida 61-oʻringa qoʻydi[5].

Komikslarda birinchi marta paydo boʻlganidan beri koʻp yillar davomida personaj boshqa media mahsulotlarida paydo boʻldi, jumladan: multseriallar, filmlar va videooʻyinlar.

Komikslardan tashqari tahrir

Televizor tahrir

  • Lenor Zann 1999-yil „Qasoskorlar. Har doim birga“ filmida Yoʻlbars ayolga ovoz bergan, bu serialda qahramon Qasoskorlarning asosiy jamoa aʼzosi[6].
  • Hulu ssenaristi va ijrochi produseri Erika Rivinoha va Chelsi Hendler boʻlishi kerak boʻlgan „Yoʻlbars ayol va Jonon“ multserialini chiqarishni maqsad qilgan. Qahramonlar MODOK, Hit-Manki va Govard oʻrdak bilan „Shturmoviklar“ animatsion krossoverida birlashishlari kerak edi[7]. Biroq, 2019-yil dekabr oyida Rivinoha va ssenaristlarning butun jamoasi ijodiy kelishmovchiliklar tufayli ishdan boʻshatildi, garchi Handler hali ham loyihani ishlab chiqishda qatnashayotgan boʻlsa ham[8]. 2020-yil yanvar oyida „Yoʻlbars ayol va Jonon“ va „Oʻrdak Govard“ multseriallari[9] bekor qilingani eʼlon qilindi.

Kino tahrir

"Qasoskorlar. Har doim birga" multserialidan Yoʻlbars ayol versiyasi 2022-yilda Liz Kakovski[6] tomonidan ovoz berilgan „Chip va Deyl yordamga shoshadi“[10] toʻliq metrajli filmida kameo sifatida paydo boʻladi.

Videooʻyinlar tahrir

  • Yoʻlbars ayol "Ultimate Marvel vs. Capcom 3" 2011 oʻyinida Lochin koʻzi yakunida Gʻarbiy Sohil Qasoskorlari aʼzolaridan biri sifatida paydo boʻladi.
  • Yoʻlbars ayol 2011-yilgi !Marvel Super Hero Squad Online"-dagi oʻyin qahramonlaridan biri.
  • Yoʻlbars ayol Facebook uchun 2012-yilgi Marvel Avengers Alliance oʻyinida paydo boʻladi.
  • 2016-yilgi "Lego Marvel’s Avengers" oʻyinida Yoʻlbars ayol oʻyin qahramonlardan biri.
  • Bella Torn 2016-yilda "Marvel Avengers Academy"[11] mobil oʻyinida Yoʻlbars ayolga ovoz bergan.

Manbalar tahrir

  1. The Marvel Encyclopedia. DK Publishing, 2019 — 381 bet. ISBN 978-1-4654-7890-0. 
  2. American Comic Book Chronicles: The 1970s. TwoMorrows Publishing, 2014 — 70 bet. ISBN 978-1605490564. 
  3. Tigra (Greer Nelson). Marvel. Дата обращения: 22 мая 2022.
  4. Hernandez, Gab 10 Iconic West Coast Avengers, Ranked By Likability. Screen Rant (17 сентября 2021). Дата обращения: 22 мая 2022.
  5. Frankenhoff, Brent. Comics Buyer's Guide Presents: 100 Sexiest Women in Comics. Krause Publications, 2011 — 42 bet. ISBN 1-4402-2988-0. 
  6. 6,0 6,1 „The Voices of Tigra“. Behind The Voice Actors. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  7. Lesley Goldberg. „Marvel, Hulu Set Four-Show Animated Slate“. The Hollywood Reporter (2019-yil 11-fevral). Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  8. Goldberg, Lesley. „Marvel's Animated Hulu Comedy 'Tigra & Dazzler' on Pause Amid Creative Overhaul (Exclusive)“ (en). The Hollywood Reporter (2019-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  9. Goldberg, Lesley „Marvel's 'Howard the Duck,' 'Tigra & Dazzler' Dead at Hulu“. The Hollywood Reporter (2020-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  10. Kelley, Shamus „Chip ʻn Dale: Rescue Rangers Has the Best Marvel Easter Eggs“. Den of Geek (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2022-yil 15-may.
  11. Eric Goldman. „Marvel Avengers Academy Launches with an All-Star Cast“. IGN (2016-yil 4-fevral). Qaraldi: 2022-yil 22-may.

Havolalar tahrir