Tigray
Tigray, tigrinnya — som tillari oilasining efiopsom tarmogiga mansub til; Efiopiya va Eritreya davlatlarida tarqalgan. Eritreyaning rasmiy tili. Unda 6 mln dan ortiq kishi soʻzlashadi. Oʻzaro yaqin akkele guzay, adua, xamasin, tanben, agame lahjalarining qorishmasidan iborat. Fonetik tizimi umumiy som konsonantizmidan ayrim oʻxshash undoshlarning bir undoshga birlashib ketganligi bilan farqlanadi. Tigray leksikasi va sintaksisiga kushit tillari hamda geez, amxar tillari kuchli taʼsir koʻrsatgan (maye. kesim koʻpchilik som tillarida gap boshida kelsa, Tigrayda gap oxirida keladi). Tigrayda oʻziga xos adabiyot va matbuot XX asrning 40-yillaridan rivojlana boshladi, efiop yozuvidan foydalanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |