Tigre (til)
Tigre — som tillari oilasining efiopsom tarmogʻiga mansub til; Eritreya va Sudan davlatlarida tarkalgan. Unda 1,2 mln. dan ortiqroq kishi soʻzlashadi. Asosiy laxjalari: mensa, bogos, loggo va boshqa Fonetika va morfologiya sohasida som tillariga xos umumiy xususiyatlarni saqlab qolgan boʻlsada, bir qator tovushlarning yoʻqolishi, pozitsiyasi va talaffuzining oʻzgarishi, ayrim yuklamalarning paydo boʻlishi bilan ajralib turadi. Morfologiyasining asosiy belgilaridan biri otlarning fleksiya orqali hosil boʻladigan siniq koʻplikning juda koʻp qoliplari mavjudligidir. Yozuvi toʻliq shakllanmagan, baʼzi zarur hollarda efiop yozuvidan foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |